Ro'ziqul Berdiev: “Himoyada juda qo'pol xato qildik”
27 avg 2019 20:38
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdiev: “Himoyada juda qo'pol xato qildik”
Coca Cola superligasi 18-tur “Qo'qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Nasaf” ustozi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.
- Himoyada juda qo'pol xato qildik. Buning natijasida mag'lubiyatga uchradik. Raqibni o'rgangan vaqtimizda qo'qonliklar standart vaziyatlardan unumli foydalanishlarini guvohiga aylangandim. Futbolchilarga jarima maydonchamiz atrofida iloji boricha qoyida buzmaslik lozimligini takidlagan edim. Lekin baribir men xavfsiragan narsa bo'ldi. Himoyachimiz qo'pollik ishlatishi natijasida raqibimizda imkoniyat bo'ldi va Holmuhammedov vaziyatdan unumli foydalandi. Tan olishimiz lozim hujum chizig'imizda ham muammolar kuzatildi. Hujumchilarimizda yaqqol golli vaziyatlar bo'lmadi.
O’xshash yangiliklar
20:36
Asror Aliqulov: "Kubok uchrashuviga U-21 jamoasidan ko'proq futbolchi jalb qildik. Lekin..." 0

Fikrlar