So’nggi yangiliklar

15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  5 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  2 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  4 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  2 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  4 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  4 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  3 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  10 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  1 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3

Ro'ziqul Berdiev: "Hamma o'yinda ham 5ta gol ura olmaymiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Hamma o'yinda ham 5ta gol ura olmaymiz"

Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.





"O'yin u qadar yuqori tempda kechgani yo'q. Bunga bir qator sabablar bor. Masalan, uchrashuv soat 15:30da boshlangani. Balki shu ham qiyinchilik tug'dirgandir. Asosiysi biz hisobni nazorat qildik va 1:0 hisobida g'olib bo'ldik. Birinchi taymda to'pni nazorat qildik va pozicion hujumlar qildik, ikkinchi taymda esa qarshi hujumda to'p tepdik. Bu natijani saqlab qolish uchun qilingan ish edi. Raqibga deyarli imkoniyat bermadik va himoyada yaxshi o'ynadik", - dedi Ro'ziqul Berdiev.

- O'tgan tur "Bunyodkor"ga 5ta gol urdinglar, bugun esa "Mashal"ga bitta. "Mashal" hozir "Bunyodkor"dan kuchlimi?

- Yo'q, yo'q. Hamma o'yinda ham 5ta gol ura olmaymiz. Bu futbol, qaerdadir pasayish bo'ladi. "Bunyodkor" hujumkor o'ynaydi, "Mashal" himoyaviy. SHu bois savol noo'rin bo'ldi.

- Bugun sizni nima qoniqtirmadi?

- Hozir aytdim, uchrashuv juda barvaqt boshlandi. Biz asosan kechki salqinda o'ynab kelayotgandik. Bundan tashqari maydon holati Qarshidagi maysadan farq qiladi. SHu bois texnik xatolarga ko'p yo'l qo'ydik.

- Akmal Mozgovoy yaqin masofadan gol ura olmadi. Bunga munosabatiz qanday?

- Undan oldin Norchaevda ham imkoniyat bo'lgandi. Mozgovoy esa hujumchi emas, unga texnik holat pand berdi.




- G'olib G'aybullaev kam maydonga tushmoqda. Bunga sabab nima?

- Uch haftalar oldin belidan jarohat olib mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi. SHu bois hozir to'liq tayyor emas va zaxiradan asta-sekin imkoniyat berib boryapmiz. G'olib bugun o'z vazifasini yomon bajarmadi.

- "Nasaf"ning xalqaro maydondagi holatidan xursandmisiz?

- Albatta, biz yarim finalga chiqdik. O'zbekiston sharafini himoya qilayapmiz va muxlislarimizni xursand qilishga intilamiz.

- Norchaevning jarohati haqida nima deya olasiz?

- O'sha vaziyatda boshi bilan raqib bilan to'qnashib ketdi, ikkinchi taymda almashtirmoqchi edim. Ammo o'ynay olishini aytdi. Oxirgi o'yinlardagidek sermahsullik kuzatilmadi. Bitta vaziyat bo'ldi, undan foydalana olmadi. Lekin unga ishonishda davom etamiz. Bilasizlar terma jamoaga ham jalb etildi. Norchaev faqat hujumda o'ynamaydi, balki katta ko'lamdagi ishni bajaradi. U taktik tomonlama o'sishga erishmoqda.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика