Ro'ziqul Berdiev: “Guruhimizda kuchsiz jamoa yo'q”
10 dek 2015 17:01
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdiev: “Guruhimizda kuchsiz jamoa yo'q”
-Guruhimizda kuchli jamoalar jamlangan. Umuman bu turnirda kuchsiz jamoa yo'q, - deya o'z fikrlarini bildirdi Ro'ziqul Sadullaevich.
– Guruhda bizga raqiblik qilayotgan barcha jamoalar o'z chempionatlarida yuqori pog'onalarda borishmoqda. Albatta, biz ham bu galgi har doimgidanda jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Qolaversa, o'tgan yili ham OCHL guruh bosqichida qatnashib, tajribamizni oshirdik. Birinchi navbatda tarkibimizni kuchaytirishimiz lozim. Turnir boshlanguniga qadar raqiblarimizni yanada chuqurroq o'rganamiz. Nasib etsa bu galgi bahslarga munosib qatnashishga harakat qilamiz. Omad biz tomonda bo'lsa, natijalarimizni yaxshilashga urinamiz.
Eslatib o'tamiz, qitamizning eng nufuzli musobaqasida "Nasaf" jamoasi “D” guruhida Saudiya Arabistonining “Al Ahli”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Al Ayn” va saralash bahslari g'olibi (“Naft” (Eron) / “Al Jayish” (Qatar) bilan kuch sinashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar