So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Ro'ziqul Berdiev: “G'alaba qozonish yoqimli, kuchli raqibni yutsang, bu ikki karra yoqimli” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “G'alaba qozonish yoqimli, kuchli raqibni yutsang, bu ikki karra yoqimli”

Superliganing 19-turidan o'rin olgan “Nasaf”-OKMK (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- G'alaba qozonish yoqimli, kuchli raqibni yutsang, bu ikki karra yoqimli. Futbolchilarimiz juda yaxshi o'yin namoyish etib berishdi. Muxlislarimizga ham raxmat aytamiz.


O'yin haqida aytadigan bo'lsam, biz to'pni raqibga topshirib, yaxshi himoyalandik. Qarshi hujumlarda keskinroq va yaxshiroq harakat qildik. SHuning natijasiga g'alabali natijani qo'lga kiritdik deb o'ylayman. 


- Tanaffusda jamoa nega kiyinish xonasiga kirmadi?


- Biz o'yindan keyin ham kiyinish xonasidan shunchaki kiyimlarni olish uchun kirdik xolos. Bu kutilmagan kayfiyatni keltirib chiqardi. 


- Muddatidan oldin “Nasaf”ni chempion deb hisoblasak bo'ladimi?


- Barchamizda maqsad bor, orzu bor, bu albatta chempionlik. Uzoq safardan qaytganimiz balki jismoniy jihatdan sezildi. Har qanday o'yinga jiddiy yondashayapmiz. Hozircha hech narsaga erishmadik. Qachondir maqsadga erishsak, unda to'xtasak bo'ladi.


- “Nasaf” himoyaviy futbol o'ynagan jamoalarga qarshi qiyinchiliklarga duch kelgan. OKMKning bugungi mag'lubiyatiga ochiqroq futbol o'ynagani sabab bo'ldi deb hisoblaysizmi?


- OKMK 31 ta gol urib, 21 ta o'tkazgan. Bu jamoaning hujumkor futbol tarafdori ekanini ko'rsatadi. Ular qanchalik oldinga chiqsa, bizda qarshi hujumda imkoniyat bo'lardi. 


- Dilshod Komilov Qarshidagi o'yinlarda zaxiradan tushmayotganiga sabab nima?


- Uning poziciyasida tajribali futbolchilarimiz bor. Bugungi o'yindagi natija jamoamiz uchun juda muhim edi. SHu bois Komilovni zaxirada qoldirdik. Keyingi o'yinlarda albatta imkoniyat beramiz. U o'zi zaxiradan qo'shilgan o'yinlardv jamoamiz o'yiniga foydali tasirini ko'rsata olgan.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика