So’nggi yangiliklar

18:15Лука Модрич: "Милан" – болалигимдаги севимли жамоам, Бобан эса кумирим эди"  0 17:52Диас "Ливерпуль"дан кетишга тайёр. "Барселона" ва "Бавария" янги таклифлар тайёрламоқда  0 17:37CAFA: Малайзия нотўғри иш қилди. Турнир саналари аввалдан эълон қилинган эди  7 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   1 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  17 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2

Ro'ziqul Berdiev: "Durang bo'lsa ham safarda ochko jamg'arishni rejalashtirgandik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Durang bo'lsa ham safarda ochko jamg'arishni rejalashtirgandik"

Oliy liganing 25-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan so'ng, matbuot anjumani tashkil etildi. Uning birinchi qismida mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.
- Avvalo muxlislarimizni g'alabaga teng durang bilan tabriklayman, -  deya gap boshladi Ro'ziqul Sadullaevich.

O'yinga keladigan bo'lsak, o'zinglar ko'rdinglar shamol bo'lgani uchrashuvga o'z tasirini o'tkazdi. Bugun asosiy maqsadimiz garchi durang bo'lsa ham safarda ochko jamg'arish edi. Bu yil jamoamiz uchun og'ir mavsum bo'ldi. Mavsum avvalida kichik bo'lsada oldimizga qo'yilgan maqsadimiz bor edi. Yigitlar sovrinli o'rinlar uchun kurashdi. Lekin oldimizda yana bitta o'yin bor. Nasib qilsa so'nggi uchrashuvda ham muxlislarimizga yaxshi kayfiyat ulashmoqchimiz.  

- Kelasi yil Nasafning OCHL saralashida ishtirok etadigan bo'ldi. Hozirdan ushbu saralash bahslariga homaki rejalar tuzilganmi? Tarkib qanday bo'ladi?
- Bu rasman aniqmi yoki yo'q to'g'risi bilmayman. Agarda shunday bo'lsa, albatta tarkibni kuchaytirishimiz kerak. O'zim ham buni istardim. CHunki ilgari bu yirik turnirda ishtirok etib, saviyali o'yinchilar joizligini bilgandik. Buni mavsum yakuniga etganidan so'ng aniqlaymiz.

- Odil Hamrobekov kelasi yil deyarli 5 oy terma jamoa lagerida bo'ladi...
- Albatta bilamiz Hamrobekov yosh. SHu bilan birga istedodli futbolchi. Bugun uni boshlang'ich tarkibga kiritganimizning boisi Erkin Boydullaevda kichik jaroxat bor edi. Odilga bundan oldin ham asosiy tarkibdan imkoniyat berib kelganmiz. Bundan keyin ham shu tarzda davom etamiz. Bilsanglar osiyo chempionatida ham ilk uchrashuvda jarohat olgandi. Bizda faqat Hamrobekov emas, boshqa iqtidorli o'yinchilar ko'p. Ularga ishonch bildirib, imkoniyat berishda davom etamiz.

- Mavsum yakuniga etganidan so'ng jamoangizning etakchi o'yinchilari o'zga klublarga o'tib ketishi haqida...
-Futbolda bu tabiiy xol. Mana ko'ryapsizlar o'yinchilarimiz imkon qadar o'zlarini ijobiy tomonlarini ko'rsatib bormoqda. SHuni aytishim mumkinki, biz o'zimiz jamoada ko'rishni istagan o'yinchilarni qanday qilib bo'lmasin olib qolishga urinamiz.


Islombek Rustambekov yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика