Ro'ziqul Berdiev: "CHiroyli g'alabani qo'lga kiritdik"
25 sen 2015 21:40
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "CHiroyli g'alabani qo'lga kiritdik"
"O'tgan bayramlar bilan barchani tabriklayman. Muxlislarimizni esa g'alaba bilan muborakbod etaman. O'yin to'liq bizning tashabbusimiz ostida o'tdi. Futbolchilar katta ishonch bilan o'ynadi va haqli g'alabaga erishdik. Natija o'yinga mos bo'ldi. "Lokomotiv" bilan o'yindan keyin yigitlarda biroz ruhiy tushkunlik bor edi va biz bu borada futbolchilarni tayyorlashga harakat qilgandik. Bugun yigitlar katta ishtiyoq bilan o'ynashdi va chiroyli g'alabani qo'lga kiritishdi. SHohruh Gadoev bugun chap qanot himoyachisi rolida o'ynadi. CHunki Farruh Sayfievning diskvalifikaciyasi borligi sabab biz Gadoevdan himoyachi sifatida foydalanishga majbur bo'ldik. SHohruh Gadoev o'zi uchun noqulay poziciyada yomon harakat qilmadi va asosiysi o'yinimizni buzib qo'ymadi. Uning harakatlaridan qoniqdim. Bu g'alabani unutgan holda, biz hozirdan keyingi "Metallurg"ga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshladik", - dedi Ro'ziqul Berdiev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar