So’nggi yangiliklar

07:41Фабрицио Романо: "Ал Иттиҳод"нинг янги бош мураббийи маълум  0 01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  9 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  1 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  6 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  4 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1

Ro'ziqul Berdiev chetlatilgan vaziyat bo'yicha qanday fikrdasiz? Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev chetlatilgan vaziyat bo'yicha qanday fikrdasiz?

Kecha bo'lib o'tgan "Metallurg" - "Nasaf" bahsida bosh murabbiyning chetlatilishi ro'y berdi.

Gap shundaki, o'yinning birinchi taymiga qo'shib berilgan daqiqa o'tib borayotgan mahal "Metallurg" sardori Kamoliddin Tojiev to'p maydon tashqarisiga chiqqan bo'lishiga qaramay, to'p uchun harakat qilayotgan "Nasaf" futbolchisi Oybek Bozorovni tirsagi bilan turtib yubordi.

Yuz bergan vaziyatni yaqindan ko'rgan "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z ehtiroslarini jilovlay olmay Kamoliddin Tojiev shaniga nomaqbul so'zlarni ayta ketdi. Berdievning qo'pol so'zlarni ishlatib so'kinib gapirgani jonli efirda yaqqol eshitilib turdi. 

Vaziyat malum: to'p maydon tashqarisiga chiqib ketganidan so'ng bir futbolchi ikkinchisi tirsagi bilan uryapti. Bu holatni bosh hakam (Asker Najafaliev) ham, qanot hakami (Olim Abduvasilov) ham ko'rib turibdi, lekin miq etmayapti. Natijada Ro'ziqul Berdievning jahli chiqib raqib futbolchisini bo'ralatib so'kyapti va yakunda o'zi qizil kartochka olyapti. 

Xo'sh, bu vaziyat bo'yicha qanday fikrdasiz? Berdiev o'sha paytda etika nuqtai nazaridan o'zini bosishi kerakmidi? Yana bir savol: nega bosh hakam turtib yuborgan futbolchiga nisbatan jiddiy chora ko'rmadi? Qanot hakamining ko'zi qayoqda edi? Nazoratchi o'yindan keyin o'sha ikki hakamga necha baho qo'ydi?

Umuman bo'lib o'tgan voqeani tezroq unutish kerakmi yoki alohida ahamiyatga molikmi? Quyida bu borada xolis fikrlaringizni kutib qolamiz.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика