Ro'ziqul Berdiev: "Buxoroda bizga omad kulib boqdi"
05 may 2019 11:59
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdiev: "Buxoroda bizga omad kulib boqdi"
“Buxoro” – “Nasaf” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- Bugun bizga omad kulib boqdi. Qolaversa, o'yin oxiridagi vaziyatda darvozabonimiz bizni muqarrar goldan qutqardi. Bugun ikkala taymning ham boshida ancha yaxshi harakat qildik. Bo'limlar boshida xavfli vaziyatlar yaratdik. Lekin oxiriga kelib charchoq alomatlari sezila boshladi. “Buxoro” jamoasi – juda kurashuvchan jamoa. SHu sababdan ham yigitlarga kurashda imkoniyatni raqibga boy bermasligimiz lozim ekanini uqtirgan edim. Menimcha, buni uddalay oldik va yakunda g'alaba qozondik, - dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar