So’nggi yangiliklar

23:23ЖЧ-2026 саралаши. Болгария - Испания, Словакия - Германия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  3 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  1 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  2 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  9 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0 19:52Саудия Арабистони клублари "Челси"нинг икки футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 19:24Де ла Фуэнте: "Карвахаль ва Родри – ўз позициясида дунёнинг энг яхши икки футболчиси"  1 18:56CAFA Nations Cup. Ҳиндистон Афғонистон билан дуранг ўйнаб, 2-ўринга жойлашди  7 18:22"Барселона" ва "Арсенал" "Ноттингем Форест" футболчисини нишонга олди  1 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  8

Ro'ziqul Berdiev: "Bugungi o'yin sifati va natijasi kutganimizdek bo'ldi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bugungi o'yin sifati va natijasi kutganimizdek bo'ldi"

"Nasaf" hamda "Al Faysali" o'rtasida o'tkazilgan OCHL guruh bosqichining 5-tur o'yinidan (3:1) keyin mezbon jamoa ustozi Ro'ziqul Berdiev va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Zafarmurod Abdirahmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ro'ziqul Berdiev: "O'yinni yaxshi boshladik. Gol o'tkazgunimizcha ikkita yaxshi vaziyatga ega bo'ldik, biroq kutilmaganda gol o'tkazib yubordik. SHunga qaramasdan yigitlar ishonchni yo'qotishmadi va g'alabaga erishdik. Bugungi o'yin sifati va natijasi kutganimizdek bo'ldi. Bu yil stadionimizda o'tkazilgan so'nggi o'yinda g'alaba qozonganimiz hammaga yaxshi kayfiyat ulashdi".

Zafarmurod Abdirahmatov: "Uch ochko uchun maydonga tushgandik va maqsadimizga erishdik. Bahs muxlislarbop bo'ldi. Barcha o'zbekistonliklarni g'alaba bilan tabriklayman".

- Umar Eshmurodovning almashtirilishi nima bilan bog'liq?

- G'alaba oson bo'lmadi. Bu jamoa tartibli o'ynashini aytgan edim, bugun o'sha gaplarning isbotini ko'rdik. Futbolchilarni nega almashtirdim? O'yin uslubimizni o'zgartirishga qaror qildik. Umar Eshmurodov tanaffusda o'ynay olmasligin aytdi. SHu sababli uni almashtirdik.

- Umar Eshmurodovning o'zgarishi jarohat bilan bog'liq, shundaymi?

- Oyog'ini ushlab, o'ynay olmasligini aytdi. SHifokorlar keyinroq futbolchi haqida malumot berishadi.

- "Nasaf" so'nggi bahsda g'alaba qozonmasa, guruhda qolib ketishi mumkin. "Al Sadd"ga qarshi bahsda qanday o'yin ko'rsatish niyatidasiz?

- Bu uchrashuvda natija uchun o'ynashga majburmiz. Ochiq o'yin ko'rsatarmiz, balki yopilib olarmiz. "Al Sadd" o'z uyida juda yaxshi harakat qiladi. Tartibli o'yin ko'rsatishimiz kerak. Boshqa o'yin natijasi ham bizga tasir qilishi mumkin. Qatar klubiga qarshi bahsda faqat ijobiy natijaga harakat qilamiz.

- Savolim Zafarmurodga. "Al Faysali"ga qarshi ikkala bahsda ham gol ura oldingiz. Gol urishngizni avvaldan sezganmidingiz?

Z. Abdirahmatov: O'yindan avval murabbiyimiz vaziyat bo'lsa imkoniyatdan foydalan, tepib ko'r degandilar. Birinchi bahsda ham shunday bo'lgandi.

Ro'ziqul Berdiev: Fursatdan foydalanib, muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Bugungi bahsni stadionda kuzatgan, televizordan tomosha qilgan barcha ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика