Ro'ziqul Berdiev: "Bugungi g'alaba nevaramning tug'ilgan kuni uchun sovg'a bo'ldi"
22 sen 2021 23:39
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Bugungi g'alaba nevaramning tug'ilgan kuni uchun sovg'a bo'ldi"
- Barcha yurtdoshlarimizni shu kichik g'alabamiz bilan tabriklaymiz. Ularni biroz bo'lsa-da, xursand qila oldik, deb o'ylayman. Stadionga muxlislarning tashrifi bizga katta kuch bag'ishladi. Futbolchilar o'yinga bo'lgan masuliyatni yaxshi his qilishdi va shunga yarasha tayyorlanishdi. Bunday o'yinlarda ruxiy tayyorgarlik muhim rol o'ynaydi. O'ylaymanki, yigitlar buni engib o'ta olishdi. Raqib haqida ham gapirishim mumkin. Qanday raqib bo'lsa-da, o'zaro o'ynamaguncha ular haqida biron nima deyish qiyin bo'lardi. Bugungi o'yin ko'rsatdiki, biz raqiblardan ko'ra o'ylashda ham, harakatlarda ham tezkormiz va bu bizga ustunlik berdi. Albatta, tezkor golimiz ularni ruxan sindirdi. Ishonchli g'alabaga erishdik. Navbatdagi bosqichga chiqqanimiz bilan barchani tabriklayman.
SHerzod Nasrullaev: - Bugungi g'alaba bilan barchani tabriklayman. Barchani xursand qildik. Ushbu turnirda g'olib bo'lishni maqsad qilganmiz.
- Penalti belgilanganda to'p oldiga Oybek Bozorov keldi. Husayin Norchaevning gollarini inobatga olib, penaltini unga berish yaxshiroq bo'lmasmikin?
- So'nggi o'yinlarda Norchaevga berayotgandik. To'g'risini aytganda, biz o'yindan oldin bu borada biror nima demagandik. Qaysi futbolchi o'ziga ishonsa, tepishini aytgandik. Maydonda Marko va Husayin kelishgan holda penaltini Oybekka berdi. Oybek ham gol urishni istamoqda. O'yindagi goli bilan u penaltidagi aybini yuvib ketdi deyishim mumkin. Oybekning jamoaga katta yordami tegdi. SHerzod va u qanotlarda yaxshi o'yin namoyish qildi. Men ularni O'zbekistonning eng yaxshi qanot yarim himoyachilari deb hisoblayman.
- Ko'pchilik muxlislar o'yin qiyin bo'ladi deb hisoblashgandi.
- Kechagi matbuot anjumanida futbolchilarning ruxiy tayyorgarligiga ko'r narsa bog'liq deb aytgandim. Bu o'yinga engil qaramasdan, jamoaning o'yinini tashkil etishini o'ylashimiz kerak edi. Raqib jamoaning futbolchilari yaxshi saviyada, balki umumiy tayyorgarlik yaxshi emasdir. Masalan, Finlyandiyadagi turnirda ularning 7-raqamli futbolchisi uchchala o'yinda ham o'ynagandi. Yoki fijilik o'yinchi ayni damda Hindistondagi eng mashhur futbolchilardan biri hisoblanadi. SHunchaki bugun jamoamning o'yinga tayyorgarligi yuqori bo'ldi, tezkor gollarimiz ko'p narsani hal qilib qo'ydi.
- Andriya Kaluderovichning kelishi Norchaevning harakatlarini oshirib yubordi. Andriya esa jamoaga qo'shilib keta olmayapti.
- Bu raqobat bilan bog'liq. "Metallurg" bilan o'yinda dastlab Andriya 2ta gol urganda, Husayin 3ta gol urdi. Buni Andriya ham tushunib turibdi. Klubimizning siyosati - yoshlarga imkon berish. Husayin ishonchni oqlab turgan paytda uni zaxiraga o'tkazib, Andriyani maydonga tushirish ham noto'g'ri bo'lardi. Jamoada sog'lom raqobat bor. Buni tushungan holda barcha futbolchilar to'g'ri yo'nalishda harakatlanmoqda. Narzullaevga qaraganda Nasrullaev yaxshi o'yin ko'rsatayotgani uchun SHerzod ko'proq o'ynamoqda. Raqobatga doim katta etibor qaratamiz. Oldimizda maqsad yuqori, bu borada ishlaymiz.
- Norchaevni zaxiraga olish nima bilan bog'liq?
- Andriyaga imkoniyat berish bilan bog'liq. Birinchi bo'limda 3ta gol urgan futbolchini almashtirib, uning raqobatchisiga ham imkon berish kerak bo'ladi. Gap unda ham emas. Oldimizda muhim o'yinlar juda ko'p. SHuni ham o'ylagan holda unga dam berdik.
- Nima deb o'ylaysiz, "Nasaf" OFK Kubogida ko'proq qarshilikka uchrayaptimi yoki Superligada?
- Albatta, Superligada. Gap-so'zlarga qaramayman. Bizning chempionatimiz saviyasi yuqori. SHuning uchun ham chempionatda ko'proq qiyinchilikka duch kelyapmiz. Ko'pchilik muxlislar jamoadagi o'yin saviyasi tushib ketayotgani haqida gapirmoqda. Lekin unday emas. SHunday raqiblar orqali chempionatimiz saviyasi qanday ekanligi ham sezilmoqda. Jurnalistlar chempionatda duranglar ko'payib ketayotganini aytishmoqda. Bu aslida jamoalarning saviyasi tenglashayotganidan dalolat.
- 6:0 - tanqid qilib bo'lmaydigan hisob. Ammo bosh murabbiy o'yinni boshqa ko'z bilan ko'radi va barcha kamchiliklarni payqaydi. Bugungi o'yinda jamoangizning qanday xatolarini ko'rdingiz?
- To'p nazoratida ko'plab texnik xatolar bo'ldi. Hisobda oldinga o'tib olsak, o'yinni biroz tashlab yuborish holati ham bo'lmoqda. Albatta, kamchiliklar bor, tanqidlarga to'g'ri qaraymiz. Ko'rmagan narsalarimizni muxlislar va jurnalistlar ham ko'radi. Fursatdan foylanib, jurnalistlar, OAV vakillariga rahmat aytaman. O'yinni yoritishda juda yaxshi ishladingiz. Bu g'alaba barchaniki. Bugun eng yaqin nevaramning tug'ilgan kuni. Bu uning uchun ham sovg'a deb hisoblaymiz.
Fikrlar