So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Ro'ziqul Berdiev: "Bugun vodiydan qaytib, yana vodiy sari otlanadigan bo'ldik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bugun vodiydan qaytib, yana vodiy sari otlanadigan bo'ldik"

O'zingizga malum, bugun O'zbekiston Kubogi 1/8 final uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi va keyingi bosqichga chiqqan barcha jamoalarning nomlari ham aniq bo'ldi.

Barcha uchrashuvlar nihoyasiga etganidan so'ng qura tashlandi va uning natijasiga ko'ra jamoamiz yana bir bor vodiyga safar qiladigan bo'ldi. "Ajdarlar" O'zbekiston Kubogi 1/4 finalida Namanganning "Navbahor" jamoasi mehmoni bo'ladi. Marosim yakunlaganidan so'ng jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning qura natijalari haqida fikrlari bilan qiziqdik.

“Kecha Andijonda bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng bugun tushga yaqin Qarshiga etib keldik. Keyingi bosqichda o'z uyimizda, muxlislarimiz qarshisida o'ynaymiz deb umid qilgandim, lekin qura shuni ko'rsatdiki bugun vodiydan qaytgan bo'lsakda yana vodiyga ketadigan bo'ldik.

Barchaga malum, bu yilgi O'zbekiston kubogi finali Namanganda bo'lib o'tadi. Tabiiyki mezbonlar ham shunga yarasha o'yin ko'rsatadi. Vaholanki "Navbahor" jamoasi o'z uyida yaxshi futbol namoyish etadi. Muxlislar qiziqarli va shiddatli bahsga guvohi bo'lishadi deb o'ylayman" — deydi Ro'ziqul Berdiev.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" — "Nasaf" uchrashuvi 12 dekabr kuni soat 16:00da Namangandagi "Markaziy" stadionida boshlanadi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика