So’nggi yangiliklar

18:18Аморим Рэшфордга чиқиш эшигини кўрсатмоқда: МЮ уни "Реал"га таклиф қилди   0 17:51Жароҳатдан кейинги катта сакраш: "Барселона" ёш истеъдод учун курашмоқда  2 17:23Фабрегас Моратани "Комо"га таклиф қилмоқчи  2 16:56Кореяда хорижлик дарвозабонларга қўйилган тақиқ бекор қилинди  1 16:29Умиджон Эргашев: "ОКМК билан ўйинда бизни ғалабадан бошқа натижа қониқтирмайди"  1 16:00Элдор Шомуродовнинг Туркияга йўл олиши футболчининг фойдасига ишлайдими ёки зарарига?  10 15:44Кумир билан учрашув: Ямаль Бразилияда Неймар билан бирга футбол ўйнади  3 15:19Ғолиб номи аниқланмаган "Андижон" – "Қизилқум" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 14:55Наримон Аҳмаджонов: "Мураббий ишончини бор кучим билан оқлашга ҳаракат қиляпман"  1 14:33Райс, Бруну, Салоҳ... ПФА АПЛда йилнинг энг яхши футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  7 14:05"8 сония" қоидаси биринчи марта КЖЧда қўлланди  4 13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  4 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1

Ro'ziqul Berdiev: "Bugun bizga omad kulib boqdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bugun bizga omad kulib boqdi"

O'zbekiston Superkubogi uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida "ajdarlar" bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.


"Avvalo barchaga tabrig uchun rahmat. G'alabani asosiy omili va sababi bizga ozgina omad kulib boqqanida bo'ldi deb o'ylayman. Futbolchilarimiz bugun juda katta ishtiyoq bilan o'ynashdi va yakunda g'alabaga erishdik. Biz hali o'z o'yinimizni kuchaytirib borishimiz lozim. OCHL doirasidagi o'yinlarda biz bundanda kuchli jamoalar bilan duch kelamiz. SHerzod Azamov engil jarohat oldi va biz uni muhim o'yin oldidan asrash maqsadida zaxiraga oldik. Rahmatov ham bugun o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatdi. Meni ko'proq tashvishlantirayotgan chiziq bu chap qanot himoyasi va hujum chizig'i. Sanjar Quvvatov O'zbekistondagi eng iqtidorli, yaxshi saviyadagi darvozabon hisoblanadi. Eldor Suyunov mamlakatimizdagi eng kuchli kiperlardan biri sananaladi. Uning iqtidoriga shubha yo'q. Bugun Quvvatovni asosiy tarkibga qo'yganim hech nimani anglatmaydi. Bizda ikkita yuqori saviyadagi darvozabonlar bor. Qaysi darvozabon o'yinga tayyor bo'lsa o'shani asosiy tarkibga qo'yamiz. Dilshod Rahmatullaev bugun yakka-kurashlarda faol harakat qildi. Jamoadoshlariga to'p uzatishda kichik xatolar bor. CHunki o'yin amaliyoti kam. O'yindan-o'yinga bu muammo bartaraf etiladi deb o'ylayman. Biz uchun eng muhimi bu g'alaba.  Bugungi g'alaba bilan barcha "Nasaf" muxlislarini tabriklayman", - dedi Ro'ziqul Berdiev.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика