So’nggi yangiliklar

11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  1 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  7 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1

Ro'ziqul Berdiev: "Bugun biz ko'p kuch yo'qotdik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bugun biz ko'p kuch yo'qotdik"

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Dinamo" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Kamchilik bilan o'ynash qiyin. Ustiga-ustak "Dinamo" to'pni yaxshi nazorat qiladi. Yaxshi himoyalandik, gol ham urdik. Vaziyatlarimizdan unumli foydalanganimizda g'alabani ushlab qolardik. Ammo, bugungi o'yinda durang natija qayd etildi, ochko yo'qotdik. Qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat.

- Bu yilgi mavsumda tarkibga yangi jalb etilgan futbolchilar kutilgan natijani ko'rsatmayotgandek. Bu borada fikringiz qanday?

- Biz xotirjammiz. Albatta, taklif etilgan futbolchilarning barchasi ham biz kutgan o'yinni ko'rsata olgani yo'q. Ularning bizga yordami kamroq tegayapti. Albatta bu quvonarli holat emas. Suhbatlashyapmiz, vaziyatlarni ko'rib chiqayapmiz. Oldinda o'yinlar bor. Hozir asosiy etibor navbatdagi uchrashuvga tiklanish uchun qaratilishi kerak. O'ylayman-ki, tarkibga yangi jalb etilgan futbolchilarning keyingi o'yinda bizga nafi tegadi.

- Yosh futbolchilarni kashf etish bo'yicha nom qozongansiz. Himoyada yosh futbolchilarni sinab ko'rish vaqti kelmadimikan?

- Hozir shunga imkoniyat bo'lmayapti. O'tkinchi o'yinimiz yo'q, ko'rikdagi futbolchilarni sinab ko'rishga fursat bo'lmayapti. O'tgan yillarda biz xalqaro maydonda o'ynadik, jadvalda yuqori o'rinlarni qayd etdik. SHu sababdan maqsad kattaroq olindi. Tarkibga ham tajribali futyuolchilarni jalb etdik. Oxirgi 2 yilga etibor qaratsangiz, yosh futbolchilarga ozroq imkon berayapmiz.

- Qizil kartochkaga munosabatingiz?

- Bu vaziyatni ko'rib tahlil qilishadi. Biz futbolchilarga keskin o'ynashni aytamiz, biroq qo'pollik bilan emas. Balki o'sha vaziyatda G'ayullaev qo'polroq harakat qilgandir. Bu biz uchun juda og'ir bo'ldi. 80 daqiqadan ko'proq vaqt mobaynida bir kishi kam o'ynadik. To'g'ri aytdingiz, biz bugun ko'p kuch yo'qotdik.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика