So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Ro'ziqul Berdiev: "Bu xato Muhammadjonovni yanada kuchli qiladi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bu xato Muhammadjonovni yanada kuchli qiladi"

Supeliganing 2-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Andijon" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.




"Bugun muxlislarimizga bayram qilib berishimiz shart edi. Lekin o'yinni xato bilan boshladik. SHunga qaramay iroda namoyish etib g'alabaga erishdik, yigitlarga rahmat aytaman, ular oxirigacha o'ynab xarakter namoyish etishdi. Ko'p hujum qildik, faqat gol urishimiz biroz cho'zildi. Goldan keyin yigitlar erkin o'ynashdi. Menimcha muxlislar bugun uylariga yaxshi kayfiyatda qaytishdi", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

- Bugun darvozabon xato qildi. Abduvohid Nematov va Umidjon Ergashevning holati qanday?
- Bu xato Muhammadjonovni yanada kuchli qiladi. Sababi u Superligada bu yildan boshlab maydonga tushmoqda. Unga ishonishda davom etamiz. CHunki xatosini tushunib etdi va butun jamoadan uzr so'radi. Nematov va Ergashevda jarohatlar bor. Menimcha Abduvohid keyingi turga tayyor bo'ladi.

- Jamoa ketma-ket ikkinchi tur birinchi gol o'tkazib keyin g'alaba qozonmoqda...
- O'ylaymanki bu jamoa xarakterini ko'rsatib beradi. Bunday vaziyatlardan chiqib ketish qiyin, ammo bizning jamoa iroda ko'rsatmoqda. Bundan xursandman.

- O'tgan yilgi "Nasaf" va hozirgi "Nasaf"ni taqqoslay olasizmi?
- Jamoani ko'plab futbolchilar tark etishdi. Har qanday jamoaga tasir qiladi, lekin o'z o'yinimizdan chekinganimiz yo'q. Yangi futbolchilar jamoaga qo'shilib ketishlariga biroz vaqt kerak.

- Bugun Marko Stanoevich to'liq o'ynadi, biroq Dilaver Xaris zaxiradan maydonga tushmoqda.
- Xaris yaqindagina jamoaga qo'shildi. Qishki yig'inlarimizda ham ishtirok etmadi. Jismoniy holatini yaxshilashi kerak. Marko esa 1 oydan buyon jamoamiz safida. Bugun Stanoevich tajribali futbolchi ekanini maydonda ko'rsatib turdi.

- Faysal Traore nima uchun "Dinamo"ga ijaraga berildi?
- U hali yosh va katta futbolga endi kirib kelayapti. Kelajakni ko'zlagan holda uni ijaraga berishga qaror qildik. Balki birinchi davradan keyin yana tajribali legionerlarni olib kelarmiz.

- Keyingi tur Termizda "Surxon"ga qarshi o'tadi. Bo'lajak raqib haqida nima deya olasiz?
- Kecha "Surxon"ning Navoiydagi o'yinini to'liq tomosha qildim. Jamoaga tajribali o'yinchilar kelgan. Termizliklarning dastlabki ikki o'yinini ko'rib, tahlil qilamiz. "Nasaf" har qanday jamoaga qarshi o'ynashga tayyor.


Nomoz CHoriev

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика