So’nggi yangiliklar

19:24Суперлига. "Навбаҳор" - ОКМК (матнли трансляция)  2 19:23"Реал"га Родри керак  4 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  2 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  5 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  6 17:30"ФарДУ" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  14 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  2 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  8 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  4 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  4

Ro'ziqul Berdiev: "Bizning yaxshi o'yinimizni ertaga hech kim eslamasligi mumkin, ammo natijani va qo'lga kiritilgan uch ochkoni eslab qolishadi. Kuvaytga faqatgina g'alaba uchun boramiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bizning yaxshi o'yinimizni ertaga hech kim eslamasligi mumkin, ammo natijani va qo'lga kiritilgan uch ochkoni eslab qolishadi. Kuvaytga faqatgina g'alaba uchun boramiz"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Muxlislarni g'alaba bilan tabriklaymiz. Yigitlarga ham minnatdorchilik bildiraman. Bugun kurashlarga boy o'yin bo'lishini bilgandik. Etiborliroq bo'lishimiz kerakligi haqida aytib o'tgandim. Bugungi uchrashuvda "Navbahor" biroz ustunlik qildi. Biz juda muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik.

- 18-turda "Nasaf"ning deyarli barcha raqobatlari ochko yo'qotdi. Nima deb o'ylaysiz, chempionatimizda chempionlik "poygasi" yakunlanib qoldimi?

- Biz chempionlikka yaqinmiz, ammo oxirigacha kurashish kerak. Mening fikrimcha, biz chempionlikka munosib o'yin ko'rsatyapmiz. So'nggi turga qadar kurashishda davom etamiz.

- "Nasaf" o'yin bo'yicha yutqazgan uchrashuvlarda ham g'alaba qozonib ketyapti. Bu chempionlarga xos jihat. Jamoangiz raqibdan kuchsizroq bo'lgan o'yinda ham g'alaba qozonib ketayotganiga nima sabab bo'lyapti?

- Mening fikrimcha, maqsadimiz sari bo'lgan ishtiyoq asosiy rolni o'ynamoqda. Biz har bir uchrashuvda natija uchun maydonga chiqyapmiz. To'g'ri, sifatli yoki chiroyli futbol muxlislarga ko'proq qiziq bo'lar, ammo biz uchun natija ustunroq. Biz imkon qadar etiborli va tartibli o'yin namoyish etishga harakat qilyapmiz. Asosiy omillar deb o'ylayman.

- Jamoangiz keyingi uchrashuvini Osiyo chempionlar ligasi doirasida o'tkazadi. Bugun ham keyingi uchrashuvni o'ylagan holda o'ynadingizlarmi?

- Bugungi o'yinning ahamiyati juda katta edi. Bizda zaxira o'rindig'imiz ham ancha yaxshi. OCHLda zaxirada qolgan futbolchilardan foydalanamiz. Bugun uch nafar futbolchimiz o'yinni o'tkazib yubordi. OCHLda o'ynash oson emas, raqibimiz ham o'z mamlakati chempioni. Iqlim ham bizga muammo tug'dirsa kerak. Sababi, Kuvaytda havo hali hamon issiq. Kuvaytga g'alaba uchun boramiz.

- Odatda mayda paslar bilan o'ynaydigan "Nasaf", bugun uzun paslar orqali o'yin olib bordi. Bunga nima sabab bo'ldi? Balki maydon holati bunga xalal bergandir?

- Maydon haqida gapirishni istamayman. Bugun futbolchilarga sifatli va aniq o'ynanglar deya ko'rsatma bermadim. Bugun natija uchun kurashishimiz kerak edi. SHu sababli, o'yinda kuzatilgan "brak"larga katta etibor berganim yo'q. Muhimi xatosiz o'yin o'tkazish edi. Bizning yaxshi o'yinimizni ertaga hech kim eslamasiligi mumkin, ammo natijani va qo'lga kiritilgan uch ochkoni eslab qolishadi. Bugungi uch ochko juda muhim edi.

- Joriy mavsumda "Navbahor" bilan uchinchi marotaba to'qnash kelishingiz. Uch uchrashuvda ham "Navbahor"ni har xil murabbiylar boshqardi. Kubokdagi uchrashuvda Babayan, avgust oyidagi o'yinda esa Kolosovskiy va bugungi uchrashuvdagi bosh murabbiy Lushchan bo'ldi. O'zaro to'qnashuvlarni solishtira olasizmi? "Navbahor" shu uchrashuvlar davomida qanchalik o'zgaribdi?

- Bu haqda chuqur o'ylab ko'rish kerak. "Navbahor" tarkib jihatidan eng kuchli jamoalardan biri. Kolosovskiy jamoani boshqargan uchrashuvda "Navbahor" uch nafar himoyachi bilan harakat qilgandi. Babayan davrida esa, ko'proq vertikal futbol qo'llanilar edi. Bugun esa, jamoa ko'proq to'pni nazorat qilishga harakat qildi.

- Legionerlar namoyish etayotgan o'yin sizni qanchalik qoniqtirmoqda?

- Zoran bugun jamoaga ko'p yordam berdi. Yana bir narsani takidlab o'timish kerak, bugun legioner o'yin taqdirini hal qildi. Gruziyalik futbolchimiz yagona golga mualliflik qildi. Jigauri ham legioner. Marko Stanoevich ham zaxiradan maydonga qo'shilib, jamoaga foyda keltirdi. Men legioner yoki boshqa bir futbolchi deb ajratmayman, bugungi g'alaba uchun barcha futbolchilar hissa qo'shishdi.

- "Nasaf"ning bir nechta futbolchisi FIFA kunlarida O'zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etilgandi. Jamoangiz zich taqvimga qadam qo'ymoqda. OCHL, Superliga va FIFA kunlari bor. Jamoangiz bunday zich taqvimga qanchalik tayyor? Jarohatlar soni ko'payib ketishi sizni xavotirga solmayaptimi?

- Zaxira o'rindig'imiz biroz "boyroq". Zaxiradagi futbolchilarga tayanamiz. SHuningdek, tanaffusda futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga harakat qilyapmiz. Bu juda muhim narsa. Jamoa o'z o'yinini yo'qotib qo'yishi mumkin, ammo jismoniy holat yaxshi bo'lsa, ushbu kamchilikni yopib ketish mumkin.

- Jambuli Jigaurining o'yini ancha ochilib ketdi. U ketma-ket o'yinlardan buyon gollar urmoqda. Ushbu holatga fikr bildirib o'tsangiz?

- Jigauri asosan hujum ortida o'ynaydi va statistikaga etibor qaratsak, u o'zining faoliyati davomida 7-8ta gol urgan mavsumlar ham bo'lgan. Jaba o'tgan mavsumda ham bir nechta juda muhim gollarni o'rgandi.

- Hujumchi uchun 7-8ta gol yaxshi natijami? Ustiga-ustak hujumchi legioner bo'lsa?

- Jaba sof hujumchi emas, u hujum ortida o'ynaydi va ko'p "qora mehnat" qiladi. Sof hujumchi uchun 7-8ta gol yaxshi natija emas.



Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика