So’nggi yangiliklar

20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  18 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  15 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  4 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  12 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Ro'ziqul Berdiev: “Bizda xavotir bor edi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Bizda xavotir bor edi”

“Nasaf” – “Qizilqum” (4:2) uchrashuvidan so'ng, mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev ham o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugun nihoyat yaratilgan vaziyatlardan foydalana oldik, natijada g'alaba qozondik. Dastlab yigitlarda hayajon bo'ldi, ammo gol urib olganimizdan so'ng bu hayajon yo'qoldi va maydonda erkin harakat qilishdi. Bugun ishonchli g'alabaga erishdik. Albatta “Qizilqum” jamoasi tarkibida etarli darajada tajribali o'yinchilar bor, shu orqali bizda bugun xavotir ham bor edi. Biz futbolchilarimizga bugun raqibga nisbatan tezroq harakat qilishni uqtirgan edik. Futbolchilarimiz bu ko'rsatmamizni yaxshi bajarishdi. Bugun g'alabamiz bilan muxlislarimizni nihoyat xursand qila oldik deb, o'ylayman.

G'alaba biz uchun juda zarur va muhim edi. Bunga erishdik. Umuman biz futbolchilarimizga doimo g'alaba zarurligini uqtiramiz. Ammo o'yinda yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmaslik, bizga doim pand beradi. Bugun bu narsaga chek qo'ydik. Jamoamiz tarkibida ikkinchi bosqich oldidan katta o'zgarishlar bo'ldi. Ayni paytdagi jamoamiz tarkibi, birga mashg'ulot o'tkazayotganiga va o'ynayotganiga ikki oy bo'ldi, xolos. Umid qilamanki, endi keyingi o'yinlarda ham ijobiy natijalarni qo'lga kiritamiz.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика