Ro'ziqul Berdiev: "Birinchi bo'lim oxiridagi xato qimmatga tushdi"
23 iyu 2021 23:29
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Birinchi bo'lim oxiridagi xato qimmatga tushdi"
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev uchrashuv haqidagi fiklarini quyidagicha bildirdi:
- "Metallurg" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Raqib o'yinni yaxshi boshladi va bizga ko'p bosim o'tkazdi. Bo'lim o'rtalariga kelib o'yinni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldik. Lekin birinchi bo'lim oxiridagi xato qimmatga tushdi. Afsuski, mag'lubiyatga uchradik. Endi xatolardan kerakli xulosa chiqarib, navbatdagi bahsga hozirlik ko'ramiz.
- Ikkinchi taym boshida Marko Stanoevich almashtirilishini qanday baholaysiz?
- Stanoevich almashtirib bo'lmas futbolchi emas. O'ylaymanki, uning o'rnida maydonga tushgan futbolchi Stanoevichga qaraganda ancha yaxshi harakat qildi.
- Oxirgi turlarda darvozabonlarni tez-tez almashtiryapsiz?
- Bizda teng kuchli darvozabonlar bor. Darvozabonlarimizning darajasi bir-biriga yaqin. SHu bois navbati bilan o'yinga qo'yyapmiz.
Fikrlar