So’nggi yangiliklar

09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  1 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  12 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  6 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  7 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  3 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  7 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  13 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  13 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1

Ro'ziqul Berdiev: "Bir narsa meni xavotirga solmoqda" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bir narsa meni xavotirga solmoqda"

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev Coca Cola Superligasi 3-turi doirasida "Buxoro"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.


- Bugun sifatli o'yin bo'lishi uchun barcha narsa shay edi: maydonning holati, ob-havo. O'yinga keladigan bo'lsak, ko'p vaziyat yarata olmadik-ku, ammo 1 gol urib, g'alabani ushlab qolish uchun etarli bo'ldi. O'z navbatida xatosiz o'ynadik. "Buxoro"ni ham takidlash kerak, yaxshi jamoa shakllanibdi. O'ylaymanki, navbatdagi o'yinlarda ijobiy natija uchun qattiq harakat qiladi. 

Bugungi o'yinda yigitlarga natija uchun o'ynash kerakligi takidlangandi. Ko'rdingiz, gol urib olganimizdan keyin qarshi hujumlarda o'ynadik, ikkinchi golni urish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lgandik, ammo buni amalga oshira olmadik. G'alaba uchun tuzilgan rejamiz amalga oshdi. Og'ir o'yinda 3 ochkoni qo'lga kiritdik. 

- "Nasaf"da har yili tarkibda yangilanish bo'lmoqda. Sifatni ushlab qolish qiyin bo'lmayaptimi?

- Tasir qiladi. Yangi futbolchilarning jamoa talabini tushunib olishi uchun vaqt kerak. Bu unchalik katta muammo olib kelmaydi. Tarkibda o'zgarishlar katta emas, asosiy futbolchilarni saqlab qolganmiz. Yigitlardan doimo sifatli o'yin ko'rsatishni talab qilamiz.

- Jamoangiz "Olimpik"dan keyingi eng yosh jamoa bo'lib turibdi.

- Ushbu futbolchilarni yosh deb bo'lmaydi. Ular yoshligidan tarkibda, katta tajriba olib kelmoqda. 22 yoshli futbolchilarni yosh desak, xato qilgan bo'lamiz. Katta ligalarda 17-18 yoshli futbolchilar xotirjam futbol o'ynamoqda. 

- "Buxoro"dan qaysi futbolchini tarkibingizga olgan bo'lardingiz?

- Jamoa hujumini uyushtirishda Iminov boshqalardan ajralib turibdi. Maydonni ko'ra bilishi, paslari juda yaxshi. Buni biz uning oldingi o'yinlarida ham ko'rgandik. Bugun ham bunga amin bo'ldik. Jamoa yomon emas. Bugun ular bizga juda ham qiyinchilik tug'dirdi. To'pni bemalol ushlab turishi, qo'rqmay hujumga borishi - jamoaning katta yutug'i. 

- Bugun o'zingizning optimal tarkibingizni tushirdingizmi?

- Jarohatlar halaqit qilmasa, tarkibda katta o'zgarishlar bo'lmaydi. Bugun ham so'nggi o'yindagi tarkibni maydonga tushirishga qaror qildik.

- Norchaev "Nasaf"dan ketganidan keyin hujumni yakunlashda muammo bor. Mana ketma-ket ikkinchi o'yindirki himoyachi hal qiluvchi golni urmoqda. Hujumchilarning gol ura olmayotgani sizni xavotirga solmayaptimi?

- Albatta, xavotirga solmoqda. Ushbu mavsumda to'rtta rasmiy o'yin o'tkazdik, ammo hujumchilarimiz gol urgani yo'q. Futbolni 11 kishi o'ynaydi. Standart vaziyatlarda asosan himoyachilar gol urishi kerak bo'ladi. Bu borada ishlayapmiz. Kamchiliklarni balki, shu orqali yopishga harakat qilyapmiz. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика