So’nggi yangiliklar

23:19Бир-икки, бир-икки...  1 23:17"Реал" — "Бетис". Таркиблар маълум  1 23:13"Лилль" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 23:09"Бешиктош" — "Сивасспор". Турғунбоев асосий таркибдами?  0 22:50"Ювентус" — "Рома". Шомуродов таркибдами?  5 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  12 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  2 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  2 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  1 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  65 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  1 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  1 20:00"Ланс" сўнгги дақиқаларда гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди. Ҳусанов тўлиқ ҳаракат қилди  12 19:40АПЛ. "Челси" ўз уйида "Кристал Пэлас"ни енголмади, "Тоттенхэм" эса сафарда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  7

Ro'ziqul Berdiev: “Baqoev kelgandan so'ng “So'g'diyona” jamoasi jonlandi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Baqoev kelgandan so'ng “So'g'diyona” jamoasi jonlandi”

Coca Cola superligasi 25-tur “So'g'diyona” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev bo'lib o'tgan uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugungi bellashuv kurshlarga boy bo'ldi. To'qnashuv kurashlarga boy bo'lishini yigitlarga ham takidlagan edim va bu kurashlarda yutqazib qo'ymaslikni uqtirgadim. So'g'diyona jamoasi natija uchun harakat qildi. Ular asosan uzun uzatmalar bilan harakat qilishdi. Yigitlarimiz esa raqibning uzatmalariga birinchi bo'lib etib kelishga erishishdi. Lekin hisobda oldinga borayotgan bo'lsak-da raqibimiz ikkita vaziyatdan birini golga aylantirdi. Yana bir imkoniyatdan foydalana bilmadi. Mana shu vaziyatlarda biz etiborni yo'qotdik. O'ylashimcha bugungi bellashuv duranga mos bo'ldi. Lekin ikkala jamoadan biri g'alabani ilib ketishi ham mumkin edi. CHunki ikkinchi bo'lim boshida bizda ham yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Umuman bugungi uchrashuvda ham, oldingi bellashuvlarda ham hujumdagi vaziyatlardan foydalanishda oqsayabmiz. Buni bugun o'yinda ham “Paxtakor” bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda ham guvohi bo'ldinglar. Bu esa bugun bizning eng katta muammoimiz bo'ldi. Biz qarshi hujumlarda bundan ham keskin harakat qilishimiz kerak edi. “So'g'diyona” jamoasi bugun ko'proq hujumga etibor berib o'ynadi. Qarshi hujumda bo'sh zonalar qoldirgan edi. Hujumchilarmiz esa bu imkoniyatlardan unumli foydalanishmadi.

- Jamoaga Ulug'bek Baqoev kelgandan so'ng jamoaning xarakteri ancha o'sdi. Buni jamoa o'ynlarida ham ko'rishimiz mumkin. Ulug'bek Baqoevni o'zini ham yaxshi bilaman. Jamoaga xarakter bera oladigan murabbiy. Bu esa jamoani ruhiy tayyorlashda ancha foyda berdi. Baqoev jamoaga kelgandan so'ng “So'g'diyona” jamoasi jonlandi desak bo'ladi. Jizzax jamoasi har bir o'yinda kurashayabdi. Jamoa chiroyli, mazmunli o'yin ko'rsatmayotgandir ammo eng muhimi natija uchun harakat qilishini etiborga olsak jamoa ancha shakillandi.

- Maydon sifati haqida gapiradigan bo'lsak, yaxshi maydonlar bo'lishi shart. Ko'p joylarda guvohi bo'layabmiz maydonlar talab darajasida emas. Lekin o'yinlar darajasi o'sganligini nimaga qarab aytsa bo'ladi? CHempionat kutilmagan natijalarga boy bo'ldi. Mayli, “Paxtakor” jamoasi hammadan ilgarilab ketdi. Buni tushunsa bo'ladi. Ular har taraflama kuchli. Mana oxirgi turgacha uchinchi o'rin uchun kurash davom etmoqda. Mana hozirgacha elitani kim tark etishi nomalum. Bularning hammasi oxirgi turga kelib hal bo'lishi hali kuzatilmagan edi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика