So’nggi yangiliklar

14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  8 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0

Ro'ziqul Berdiev: “Al Faysali" bilan xuddi finaldek o'yin bo'ladi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Al Faysali" bilan xuddi finaldek o'yin bo'ladi”

“Markaziy” stadionning anjumanlar zalida OCHL-2018 pley-off doirasidagi “Nasaf” – “Al Faysali” uchrashuvi oldidan matbuot anjumanining dastlabki qismi bo'lib o'tdi.

Unda "NAsaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev va tajribali himoyachi Maqsud Karimovlar ishtirok etishdi va jurnalistlar savollariga javob berishdi.


Ro'ziqul Berdiev: -Assalomu alaykum, barcha futbol ishqibozlarini, futbolimiz rahbarlarini yoshlarimizning Osiyo chempionatida qo'lga kiritgan g'alabasi bilan samimiy tabriklayman. Bu tarixiy g'alaba bo'ldi. Bu yutuq o'zbek futbolida yangi davr boshlanganidan va terma jamoamizga yangi avlod kirib kelganidan darak beradi. Bu zafar hammani xursand qildi. Biz murabbiylar, bunday yutuqlarni bardavom bo'lishi uchun bor kuchimiz va bilimimizni ayamaymiz.

Ertaga bo'ladigan o'yinni, mavsum boshidagi o'yin bo'lganligi uchun, finalga tenglashtirgan bo'lar edim. Biz ertaga guruh bosqichiga chiqish masalasini hal qilamiz. Buni juda hohlaymiz. Biz uchun mavsum ertaroq boshlanayapti. Bo'lajak o'yinga tayyorgarlikni ertaroq boshladik. SHuningdek Turkiyada xorijiy o'quv-yig'in mashg'ulotlarini tashkil qildik. Yig'in tashkil etishdan ko'zlangan maqsadimizga erishdik. Ertaga hamma futbol ishqibozlarining etibori bizga qaratiladi. Bu bizdan katta masuliyat talab qiladi. Bu masuliyatni hammamiz his qilib turibmiz. Yangi futbol mavsumini g'alaba bilan boshlash ishtiyoqidamiz.


Maqsud Karimov: -Hammalaringizni yangi futbol mavsumi boshlanayotgani bilan tabriklayman. Yangi yilda, yoshlarimiz boshlab bergan zafarli qadamni biz ham davom ettirish istagidamiz. Ertaga bo'ladigan o'yinda bor kuchimizni ishga solamiz va guruh bosqichi taqdirini hal qilamiz. Maqsadimiz, o'zbek futbol ishqibozlarini yana bir bor xursand qilmoqchimiz.


Ro'ziqul Berdiev: - Osiyo chempionatida ishtirok etgan futbolchilarimiz albatta bizga yordam berishadi. Bugun ular safimizga kelib qo'shilishadi. O'ylaymanki, ular yosh bo'lganliklari uchun tezroq tiklanishadi va albatta bizga yordam berishadi.

Raqibimizni imkon qadar ko'proq o'rganib chiqdik. “Al Faysali” tarkibida asosan tajribali o'yinchilar yig'ilishgan. Demoqchimanki, yosh futbolchilar kamroq. FIFA tomonidan jazolangan futbolchilari o'rnini, kuchli futbolchilar bilan to'ldirishga harakat qilishdi va bunga erishishdi ham. “Al Faysali” jamoasi Iordaniyaning etakchi klubi hisoblanadi. Raqibimizning olib boradigan o'yinlari bilan futbolchilarimizni yaqindan tanishtirdik va bu borada ko'rsatmalar ham berib borayapmiz.

Tarkibimizga bir qator yangi futbolchilarni qo'shib oldik. Bundan xabarlaringiz bor. Biz yana o'z safimizga yangi futbolchilarni qo'shib olish rejamiz bor. Bu borada bizni klubimizning yangi rahbariyati ham qo'llab-quvvatlayapti.


Maqsud Karimov: Men jamoadoshlarimga nisbatan sal kechroq shartnoma imzoladim. Bunga sabab, ozroq tobim qochgani uchun, muolaja olayotgan edim. Yani Qarshida emas edim. Ko'rib turibsiz, yana qadrdon jamoamda faoliyatimni davom ettirayapman.

Albatta, “Al Faysaliy” bilan 2011 yili Qarshida bo'lgan OFK kubogi doirasidagi uchrashuvda maydonga tushgan futbolchilardan, jamoada bitta o'zim qolibman. Men nafaqat ertaga maydonga tushishga tayyorman. Balki, jamoadoshlarimni ruhlantirish uchun murabbiylarimizga ham ko'makchi bo'layapman. Hammamizni yagona maqsad – g'alaba qozonish birlashtirib turibdi.

Reyting: +82   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика