Rojers: "Liverpul" "Uimbildon"ga qarshi bor kuchi bilan o'ynamadi"
06 jan 2015 07:46
Yangiliklar


Rojers: "Liverpul" "Uimbildon"ga qarshi bor kuchi bilan o'ynamadi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rojersning takidlashcha, "Uimbldon"ga qarshi Angliya Kubogining uchinchi bosqich uchrashuvida ular o'zlarining o'yinini ko'rsata olishmadi.
"Biz na himoyada va na hujumda o'z o'yinimizni namoyish etdik. Raqibda gol urish uchun juda ko'p imkoniyat bo'ldi. "Liverpul" bugun kutilmaganda himoyaga ko'proq etibor berishiga to'g'ri keldi va bu raqiblarimizning xizmati.
Men o'z shogirdlarimni maqtamoqchiman - chunki ular bugun hal qiluvchi vaziyatlarda yaxshi harakat qilishdi. Ikkinchi taymda bittadan ortiq gol urishimiz mumkin edi" - deydi Rojers.

Fikrlar