Rojers: "Lallana 4-6 hafta davolanadi, uni shoshirmaymiz"
27 iyu 2014 13:05
Yangiliklar
Rojers: "Lallana 4-6 hafta davolanadi, uni shoshirmaymiz"
Liverpul bosh murabbiyi Brendan Rojers jamoa yarim himoyachisi Adam Lallananing jarohati borasida o'z fikrlarini bildirdi.
Albatta, bu biz uchun yomon xabar. U 4-6 hafta davolanadi. Adam mashg'ulotlar vaqtida fantastik ko'rinayotgandi. Tezroq safga qaytishini kutamiz, lekin shoshirmoqchi emasmiz. Bizni uzun mavsum kutmoqda, shu bois hali Lallana bizga ko'p yordam beradi, - deydi Rojers.
Fikrlar