Rojers: "Asosiysi Balotelli mashg'ulotlarda yaxshi ishlayapti"
20 okt 2014 17:29
Yangiliklar


Rojers: "Asosiysi Balotelli mashg'ulotlarda yaxshi ishlayapti"
"Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rojers Mario Balotelli haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Hozircha uning ishlari yurishmayapti, ammo Mario mashg'ulotlarda yaxshi ishtirok etyapti. U imkoniyatdan foydalana olmadi, ammo Balotelli bo'lmaganda Kolker o'z darvozasiga gol urmagan bo'lardi. Hujumchi kerakli joyda edi va agar to'p unga etib kelganida, u albatta gol urgan bo'lardi.
Hozir Mario uchun asosiysi - ishlashda davom etish. U mashg'ulotlarda yaxshi o'yin ko'rsatyapti. Balotelli jamoaga qo'shilib ketdi, u ajoyib yigit va men u bilan ishlab rohatlanyapman. Mario o'sishni xohlaydi, ammo bu ishni bir kechada qilib bo'lmaydi. Unga bo'layotgan tanqidlar, bu nohaqlik" - deydi Rojers.

Fikrlar