Roys "Sevilya"ga qarshi o'yindan nimalar kutayotganini aytdi
09 mar 2021 08:38
Yangiliklar


Roys "Sevilya"ga qarshi o'yindan nimalar kutayotganini aytdi
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys CHempionlar Ligasi 1/8 final javob o'yini doirasidagi "Sevilya"ga qarshi bahsdan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz shanba kuni "Bavariya" (2:4)dan uchralgan mag'lubiyatni tahlil qildik, ertaga bizni katta o'yin kutmoqda, maqsadimiz - keyingi bosqichga chiqish. Biz mehmonda bo'lgani kabi hujumkor futbol namoyish etmoqchimiz.
Albatta, chorak finalga chiqish barchani biz bilan faxrlantirardi. Men ertangi o'yinga tayyor ekanligimizga ishonchim komil", - deydi Roys.
Eslatib o'tamiz, "Borussiya" va "Sevilya" o'rtasidagi javob o'yini bugun bo'lib o'tadi. Ilk bahs dortmundliklarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar