Roys: "Oldinga katta qadam tashlash bo'ldi"
10 jan 2021 12:15
Yangiliklar


Roys: "Oldinga katta qadam tashlash bo'ldi"
Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Marko Roys "Leypcig" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Bugun shaxsan men hamda jamoa oldinga katta qadam tashladik. Ko'rsatgan o'yinimizdan mamnunmiz.
O'yinning starti biz uchun og'ir kechdi. "Leypcig" doimiy bosim uyushtirdi. Tanaffusdan keyin esa yaxshiroq o'yin ko'rsata boshladik va to'pga ko'proq egalik qildik. Ularni himoyaga yotqizib qo'ydik.
Aslida "Leypcig" juda kam gol o'tkazadigan jamoa. Ikkinchi bo'limdagi o'yinimiz orqali faxrlanishimiz mumkin. Raqiblarning kuchli jihatlarini yaxshi bilamiz. SHu sababdan 90 daqiqa kuchli va chiroyli o'yin ko'rsatdik deya olamiz", - dedi Roys.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar