Roys: "Menda "Bavariya"ga o'tish imkoniyati paydo bo'lgandi"
09 apr 2020 14:58
Yangiliklar
Roys: "Menda "Bavariya"ga o'tish imkoniyati paydo bo'lgandi"
Dortmundning "Borussiya" jamoasi sardori Marko Roys o'z vaqtida unga "Bavariya" qiziqqanligi haqida gapirdi.
Ammo, Marko Roys Myunxen klubiga o'tishni xohlamagan.
"Menda "Bavariya"ga o'tish imkoniyati tug'ilgandi. Men "Bavariya"ni hurmat qilaman, ular taniqli klub, ammo men doim "Borussiya"da o'ynashni xohlaganman.
Men Gladbaxda o'ynab yurgan paytlarim, Bundesligada faqatgina o'tishim mumkin bo'lgan bitta jamoani bilganman. Agar men Dortmundda o'ynamasam, chet etga ketishim kerakligini ham anglagandim o'shanda", - deydi Roys.
Fikrlar