Roys Bundesligada "Borussiya" uchun 100-golini urdi
15 avg 2021 11:32
Yangiliklar
Roys Bundesligada "Borussiya" uchun 100-golini urdi
Dortmundning "Borussiya"si yarim himoyachisi Marko Roys Bundesliganing 1-turida "Ayntraxt" darvozasini ishg'ol qildi.
32 yoshli germaniyalik futbolchi Bundesligada ushbu jamoa uchun 100lik dovonidan oshgan 5-futbolchiga aylandi. Bu boradagi rekord Manfred Burgsmyullerga tegishli - 135 gol.
SHuningdek, kuchli to'rtlikka Mixael Cork (131), Lotar Emmerix (115) va Stefan SHapyuiza (102) kabi futbolchilar ham kiradi.
Fikrlar