Roys "Borussiya"ning kelasi mavsum uchun maqsadlarini aytib o'tdi
22 iyu 2019 18:52
Yangiliklar


Roys "Borussiya"ning kelasi mavsum uchun maqsadlarini aytib o'tdi
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi va sardori Marko Roys jamoasining CHempionlar Ligasining finaliga chiqishini xohlamoqda.
- Doimo Dortmundning "Borussiya" klubini tanlayman. Men bu klub bilan Bundesligani hamda Germaniya kubogini yutishni xohlayman. Yana bir bor CHempionlar Ligasi finaliga chiqish ham bizning asosiy maqsadlarimizdandir, - deydi Roys.
Dortmundliklar yakunlangan mavsum Germaniya chempionatida "Bavariya"dan so'ng ikkinchi o'rinni egallashdi.
"Borussiya" 2012/13 yilgi mavsum CHL finalida "Bavariya" (1:2) bilan o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar