Roy Kin: "Pogba maktab bolasi kabi o'ynadi"

Tolibjon Qosimov
15 mar 2018, 20:32
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Roy Kin jamoani YCHLdan chiqib ketganini tanqid qildi.

"Pogba - MYU uchun katta muammo. Agarda u asosiy tarkibga kira olmasa - yaxshi ish bo'lmaydi. Biz yuqori saviyali futbolchilar maydonga tushganidan keyin o'yinni o'zgartirishini kutamiz.

Pogba maydonga tushdi, biroq hech nima qila olmadi. U birinchi golga huddi maktab bolasidek reakciya qildi. U xavfni his qilmayapti. Jamoada bo'lishning mohiyati - jamoadoshing xato qilsa, uni yopib turish.

"Yunayted" futbolchilari faqatgina o'zlari uchun o'ynashmoqda, sheriklariga yordam berishmayapti. MYUda o'ynab yurgan vaqtlarim bu klubning tarixi, bosimi va muxlislarining talabini bilgan holda to'p surganman.

Hozirgi paytdagi futbolchilarning o'yinlariga e'tibor berar ekanman, ular mas'uliyatni his qilishmayapti", - dedi Kin.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/itvfootball