Roy Kin: “MYU futbolchilarini “Men qanday ko'rinishdaman? Soch turmagim qanaqa?”, degan savollar ko'proq tashvishlantirmoqda”
07 mar 2022 09:30
Yangiliklar
Roy Kin: “MYU futbolchilarini “Men qanday ko'rinishdaman? Soch turmagim qanaqa?”, degan savollar ko'proq tashvishlantirmoqda”
“Manchester Yunayted” sobiq sardori Roy Kin “qizil iblislar”ning “Man Siti”ga (1:4) uchralgan mag'lubiyati haqida keskin fikr bildirdi.
“Kiyinish xonasini kim boshqaradi? Yigitlarni “Men qanday ko'rinishdaman? Soch turmagim qanaqa? Butsalarim yaxshimi?”, degan savollar ko'proq tashvishga solayotganga o'xshaydi.
MYU ishqibozlari jamoaga qarab, ular kurashamayotganini ko'rishmoqda. Buning uchun hech qanday bahona yo'q.
SHu kunlarda etirozli tvitlar ko'payishiga shubha qilmayman. Bu menga qiziq emas. Eng asosiy nimalarga qodirligingni maydonda ko'rsatishing kerak”, deydi Kin.
Fikrlar