Roy Kin Maguayrni tanqid qildi
08 sen 2019 12:57
Yangiliklar


Roy Kin Maguayrni tanqid qildi
"Manchester Yunayted"ning sobiq sardori Roy Kin himoyachi Garri Maguayrning o'yinidan mamnun emas.
"Boshlanishi yomon emas. Barcha uning to'p bilan yaxshi ishlashini gapirmoqda. Biroq menga u borasida bir necha savollar bor. Uning tezligi va ortga o'girilishi doimo meni tashvishga soladi. "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda o'tkazib yuborilgan ilk golda u o'z sherigini yopa olmadi. U 26 yoshda! Bunday narsalarda oqsash esa anchagina xavotirli", - dedi Roy Kin.
Maguayr ushbu yozda 80 million funt evaziga "Lester"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar