“Rotor” Vitaliy Denisov bilan shartnoma bandlarini kelishib oldi
15 jan 2020 20:09
Yangiliklar
“Rotor” Vitaliy Denisov bilan shartnoma bandlarini kelishib oldi
Ayni vaqt FNLda (RPLdan keyingi o'rinda turuvchi chempionat) peshqadamlik qilayotgan “Rotor” jamoasi o'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov bilan shartnoma bo'yicha kelishib oldi, deya xabar bermoqda “Match TV”.
Manbaga ko'ra, 32 yoshli futbolchi mavsum so'nggiga qadar volgagradliklar tarkibida o'ynaydi. Barchasi ijobiy kechadigan bo'lsa shartnoma muddati yana uzaytirilishi ko'zda tutilgan.
Avvalroq, Denisov "Rotor"ning Turkiyadagi yig'iniga qo'shilgani haqida xabar bergandik.
Malumot o'rnida, mazkur klubda O'zbekiston MTJning sobiq forvardi Maksim SHackix yordamchi murabbiy sifatida ishlamoqda.
Fikrlar