“Rotor” va Rossiyaning bir qator klublari Belarus chempionati to'purarlaridan biriga qiziqmoqda
02 iyu 2020 20:32
Yangiliklar
“Rotor” va Rossiyaning bir qator klublari Belarus chempionati to'purarlaridan biriga qiziqmoqda
“Neman” yarim himoyachisi Gegam Kadimyan faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda “Sport24”.
27 yoshli armanistonlik futbolchiga Rossiyaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Xususan, “Rotor” uni kuzatayotgani aytilmoqda. SHuningdek, Kademyan Ukraina va Belarusning boshqa jamoalari nazariga ham tushgan.
Gegam Belarus Oliy Ligasi to'purarlar ro'yxatida 7ta gol urgan holda Jasurbek Yaxshiboev bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar