"Rostov"ning osiyolik futbolchisi faoliyatini Belgiyada davom ettiradi
28 avg 2019 21:06
Yangiliklar
"Rostov"ning osiyolik futbolchisi faoliyatini Belgiyada davom ettiradi
"Rostov" yarim himoyachisi Said Izzatulloxi ushbu mavsum Belgiyaning "Eypen" jamoasida o'ynaydi.
Bu haqda "sariq-ko'klar"ning rasmiy saytida malumot berildi.
"Klublar o'rtasida 22 yoshli futbolchining o'tishi borasida kelishuvga erishildi. Saidga omad tilaymiz!", - deya "Rostov" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Izatulloxi "'Eypen" safida mavsum oxiriga qadar to'p tepadi.
O'tgan mavsum eronlik xavbek "Reding" klubiga ijaraga berilgandi (4 o'yin, 1 ta sariq kartochka).
Eslatib o'tamiz, Izatulloxi "Rostov"ga 2016 yili yozda Madridning "Atletiko" jamoasidan erkin agent sifatida o'tgandi.
Ayni vaqtda, "Eypen" Belgiya chempionati jadvalining oxirgidan bitta oldingisida bormoqda (15-o'rin). 5 ta turdan so'ng, jamoa hisobida 2 ochko bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar