"Rostov"ga qarshi o'yinda Odil Ahmedovning ko'rsatkichlari
27 may 2015 15:18
Yangiliklar


"Rostov"ga qarshi o'yinda Odil Ahmedovning ko'rsatkichlari
"Krasnodar" rasmiy sayti "Rostov"ga qarshi Rossiya chempionati 29-tur uchrashuvida "Instat Football" kompaniyasining futbolchilar statistik malumotlarini taqdim etdi.
O'zbekiston terma jamoasi va "Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedov bir nechta ko'rsatkichlar bo'yicha etakchi bo'ldi.
"Krasnodar" safida kurashlarda g'alaba qozonishda foiz bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkich Odil Ahmedovda (80%, 10tadan 8tasida g'alaba).
Terma jamoamiz azosi o'z jamoasi hujumga o'tish to'p oshirishlarining eng ko'pini amalga oshirgan. "Krasnodar"da umumiy hisobda 13ta o'tkir hujumga o'tish oshirmasi bo'lgan va ularning 6tasi muvaffaqiyat bilan keyingi futbolchiga etib borgan. Ushbu 6ta aniq oshirmaning 3tasi Ahmedovga tegishli.
Aldab o'tish bo'yicha eng yaxshi natijalarni Rikardo Laborde (7 muvaffaqiyatli aldash) va Odil Ahmedov (5ta) qayd etgan.

Fikrlar