So’nggi yangiliklar

06:45ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис", Мбаппе ЛаЛигадаги биринчи голини урди  0 02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  41 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  1 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  4 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  23 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  1 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  7 23:19Бир-икки, бир-икки...  11 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  14 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  4 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  2 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  67 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  2 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  8

“Rostov”da esayotgan issiq shamollar... Yangiliklar

“Rostov”da esayotgan issiq shamollar...

Toshkentning “Bunyodkor” klubi sharafini himoya qilib yurgan Eldor SHomurodov 2017 yilning yozida Rossiya chempionatiga yo'l oldi.

So'nggi vaqtlarda moliyaviy muammolar sabab qiynalib qolgan “Rostov” futbol klubi shu yili o'z tarkibini to'liq yangilagandi. SHomurodovga qadar mazkur klub safida Nikolay SHirshov, Andrey Akopyanc va Sergey Lushchan singari hamyurtlarimiz ijobiy natijalarga erishgan va surxondaryolik yigitdan ham eng kamida shu talab qilinardi. Eldor ishonchni to'liq oqladi. O'zbek futbolida sifatli hujumchilar tanqisligi ro'y berib turgan pallada “Rostov” hujumchisi fantastik filmlardagi afsonaviy qahramonlar misoli kutilmagan joydan chiqib keldi va  terma jamoamizni (agar milliy jamoa futbolimiz yuzi ekanini inobatga olsak, butun o'zbek futbolini desak ham mubolag'a bo'lmaydi) o'z elkasida ko'tarib Osiyo kubogidagi sharmandalikdan qutqarib qoldi va qutqarib kelmoqda. Mazkur fikrga qo'shilmasangiz, milliy jamoamizning yakuniga etayotgan yilda o'tkazgan uchrashuvlariga yana bir bor razm solib ko'ring.


Hozir futbolimizga zarur pallada yuqori saviyali hujumchini taqdim etib bergan “Rostov” klubida yuzaga kelgan muammolar haqida biroz so'z yuritamiz.

Hammasi qanday boshlandi?

O'tgan mavsumni Rossiya chempionatining 9-pog'onasida yakunlagan “Rostov” yangi mavsumni o'ziga xos sensaciyalar bilan boshladi. Rus matbuotida jamoaning mavsum avvalidagi chempionlik poygasida ko'rsatgan faolligi sensaciya o'laroq talqin qilindi. Ammo jamoa muxlislari orasidagi Valeriy Karpin qo'l ostida ajoyib tarkib yig'ilgani va yigitlarning ancha quvnoq o'yin namoyish qilayotganlaridan ilhomlanib RPL chempionligi haqida gapira boshlagan optimist toifa bunga zid fikrlar bildirshdi. Hammasi yaxshi ketayotgandek edi. Toki, oktyabr oyiga qadar. Keyin jamoa muvaffaqiyatsizliklarga uchray boshladi.  Ko'pchilik buni tabiiy hol sifatida qabul qildi. 

Ammo noyabr oyi o'rtalarida “Sport-Ekspress” nashrida taxminan quyidagi ko'rinishdagi xabar chiqdi:

“Qishda “Rostov”ning 6 nafar etakchisi jamoani tark etadi: Eldor SHomurodov, Aleksey Ionov, Matias Normann, Roman Eremenko, Ivelin Popov va Dmitriy CHistyakov. SHuningdek, jamoa ustozi Valeriy Karpin ham klubdagi faoliyatini to'xtatadi. 

Jamoada yirik moliyaviy muammolar yuzaga kelgan”.

SHundan so'ng pardaning narigi tomonida sodir bo'layotgan o'yinlar, voqealar oydinlasha bordi.

Dastlab, Karpinning intervyusi katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Mutaxassis bu endigina yuzaga kelgan muammo emasligini, jamoaga 3 oydan buyon maosh va bonuslar to'lanmayotgani, shunga qaramay, qo'l ostidagi yigitlar birdamlik namoyish qilayotganini takidlab, futbolchilarga alohida minnatdorchilik izhor etdi. U jamoa atrofidagi o'yinlar oxir-oqibat “Rostov”ni o'ldirishi mumkinligini, Rostovda esayotgan issiq shamollar bo'ronga aylanib ketishi mumkinligini o'z fikrlariga ilova qildi. 

Karpinning fikrlarini Butunrossiya professional futbol ittifoqi bosh direktori Aleksandr Zotov inkor qilib, 3 oygacha maosh to'lanmasligini normal holat va bu kabi holatlar har doim boshqa jamoalarda ham sodirb bo'lib kelayotganini takidladi.

Xo'sh, moliyaviy inqiroz qanday yuzaga keldi?  

Birlamchi sabab qilib klubning davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilganini ko'rsatishimiz mumkin. “Rostov”ning 56,8 % aksiyalari Rostov viloyati hokimligiga qarashli. Hokimlik mamuriyati va homiylar jamoaga pul bermay qo'yishgani shunday holatni yuzaga keltirgan. Hokimyat vakillari yil avvalida “Rostov” uchun 380 million rubl ajratilgani haqida malum qilishdi. Bu pullarning qanchasi jamoaga qadar etib borgan, bundan xabarimiz yo'q.

Yuzaga kelgan vaziyatdan kim yutadi?

Klubning moliyaviy inqirozi kim(lar)ningdir foydasiga ishlashi mumkinmi? Albatta! 

Etibor qiling, jamoa uchun byudjet hisobidan ajratilgan pullar klubga qadar etib bormasligi “Rostov”ni bankrot holatiga tushirib qo'yishi mumkin. Masalaning ikkinchi tomoni shundaki, aynan klubga tomon yo'naltirilgan pullar o'z maniziliga etib bormasa, yo'nalishdan adashib kim(lar)ningdir cho'ntagiga kirib ketgan bo'ladi.

“Rostov” bilan shunga o'xshash holatlarning so'nggi yillarda takror-takror sodir bo'layotgani kishini shubhaga solib qo'yadi. 

Yuzaga kelgan vaziyatda kim yutqazadi?

Albatta, jamoa va uning muxlislari. 

Qolgan barcha yutadi - viloyat mamuriyatidagi futbolga masullar ham, hatto “Zenit”-u “Rubin”lar ham. Qurbon Berdiev boshqaruvi ostidagi “Rostov” bilan yuzaga kelgan vaziyatni eslang. O'sha holatning hozirgidan sirayam farqi yo'q. O'shanda turkmaniyatonlik mutaxassis boshchiligidagi bir guruh yigitlar (7 kishi) Qozonning “Rubin” klubiga suvtekinga o'tib ketgandi. Sardor Azmun atrofidagi janjallar yodingizdami?

Hozirgi voqealar qanday yakunlanishi mumkin?

Vaziyat shu tahlid ketaversa, “Rostov” hech kimga maosh to'lay olmaydi, bankrot holatiga tushadi. Vaziyatdan chiqib ketish uchun etakchilar sotuvga qo'yiladi. Voqeani hamyurtimiz misolida tushuntiramiz. Qishda SHomurodov “Zenit” bazasiga olib boriladi, u erda transfer borasida shartnoma imzolanadi. Faqat bu bitim biroz o'zgacharoq bo'ladi. “Zenit” to'laydigan summa rasmiy qog'ozlarda bir-necha barobar kamaytirib ko'rsatiladi. Bu bilan “Zenit” UEFA tartib-qoidalarini buzmaydi, yani jamoa ishlab topgan pulidan ko'p sarflab yubormasligi uchun poydevor yaratiladi. Qog'ozda ko'rsatilgan summa “Rostov”ni inqirozdan olib chiqish uchun sarflanadi. Qog'ozda ko'rsatilmagani esa kimlargadir Moskva markazidan 5 xonali kvartira, kimlarningdir hisob raqamiga +raqamlar olib keladi. 

Bunday holatga tushmaslik uchun klublar to'la

Xususiylashtirilishi kerak.  Ular quyidagi manbalar ortidan kun ko'rishlari mumkin:

Katta homiylar, kuchli akademiyalar (yuqori saviyali futbolchilarni etishtirib g'arb klublari mo'may summa evaziga pullash), yaxshi marketing, stadionga muxlislar tashrifi.

SHuningdek, translyaciya huquqidan ham pul ishlash mumkin. Ammo Rossiya chempionati translyaciyasini futboli rus futboli darajasiga chiqib ulgurmagan biz kabi mamlakatlar sotib olishimiz mumkin, xolos. Unda ham to'lanadigan summa bir cho'ntakni to'ldirmaydi.

Xulosa o'rnida

Eldor SHomurodov tufayli o'yinlarini kuzata boshlaganimiz va muxlisiga aylanganimiz, har hafta o'yinlarini APLdan kam kutmayotganimiz, kimlarningdir qo'lida o'yinchoq bo'layotgan “Rostov” klubi muxlislariga sabr tilaymiz. Zero, futbolda har doim ham adolat bo'lmaydi. Buning uchun eng kamida Rossiyada “Adolat” deb nomlangan siyosiy partiya bo'lishi va u sportda ham adolat taminlanishi uchun kurash olib borishi kerak...


Muallif: Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика