So’nggi yangiliklar

22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  9 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  5 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   0 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  160 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:09"Гёзтепе" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  9 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  17 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  1 19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  38 18:58"Нефтчи" "водий дербиси"да "Андижон"ни мағлуб этди ва "Насаф" билан орадаги фарқни 2 тагача қисқартирди  66 18:53Суперлига. "Сўғдиёна" меҳмонда "Шўртан"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  7 18:31Артём Петросян: "Локомотив" футболчилари Суперлига даражасида. Улар бежиз лига пешқадами эмаслигини кўрсатишди"  1

RPL. "Rostov" "Ural"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

RPL. "Rostov" "Ural"ni mag'lubiyatga uchratdi

"Rostov" hamda "Ural" o'rtasidagi RPLning 5-tur uchrashuvi yakuniga etdi.

FC Rostov

Kento Hashimoto - 59'

Premier League . 5-tur

26/08/2020, 23:30

0
:
1
Tugadi

Ural

Stadion: Rostov Arena

45'
90'
48'  Mathias Normann (Kento Hashimoto)
59'  Kento Hashimoto
59'  Maksim Osipenko
71'  Eldor Shomurodov (Dmitry Poloz)
71'  Khoren Bayramyan (Aleksandr Smirnov)
80'  Roman Eremenko (Arseniy Logashov)
24'  Igor Kalinin (Nikolai Zolotov)
52'  Denys Kulakov
63'  Rafal Augustyniak (Roman Emeljanov)
63'  Yuri Bavin (Aleksey Evseev)
83'  Andrey Egorychev (Artem Shabolin)
90'  Vladimir Rykov


"Rostov" – "Ural" 1:0

"Rostov-Arena"

Gol: 1:0 – 59 Xasimoto.

"Rostov" – Pesyakov, Osipenko, CHernov, Kozlov, Xadjikadunich, Glebov, Ionov, Bayramyan (Smirnov, 71), Normann (Xasimoto, 48), Eremenko (Logashov, 80), SHomurodov (Poloz, 71).

"Ural" – Pomazun, Gerasimov, Rykov, Kulakov, Kalinin (Zolotov, 24), Augustinyak (Emelyanov, 63), Bavin (Evseev, 63), Mishkich, Egorichev (SHabolin, 84), Bikfalvi, Podberezkin.

Ogohlantirish: Kulakov (52).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

85. Hisobda orqada qolayotgan "Ural" to'pga egalik qilishda ustunlikka erishmoqda, ammo uzatmalar golga aylanmayapti.

80. Eremenko jarohat olganga o'xshaydi, shifokorlar unga tibbiy yordam ko'rsatishmoqda. Roman o'rniga Logashov maydonga tushdi.

70. O'zgarish: SHomurodov maydonni tark etmoqda, uning o'rniga Dmitriy Poloz o'yinga qo'shildi.

66. Xasimotodan yana bir zarba, biroq bu safar noaniq.

62. Eldor hujum boshlash uchun hatto markazgacha qaytmoqda, bu tahsinga sazovor holat.

61. SHomurodov qanotdan reyd uyushtirishga harakat qildi va burchak zarbasi ishlab oldi.

59. GOOOL! Xasimoto hisobni ochdi! To'p burchakdan uzatilganidan so'ng Xajikadunich bosh bilan to'pga zarba berdi, ammo u futbolchilarga tegib yaponiyalikka tushdi va Kento Xasimoto joriy mavsumdagi ikkinchi golini urdi. 1:0!

57. Eslatib o'tamiz, "Rostov"ning ikki asosiy futbolchisi joriy mavsum startida klubini o'zgartirdi. Ivelin Popov "Sochi"ga o'tgan bo'lsa, qozog'istonlik Baxtiyor Zaynutdinov CSKA safini to'ldirdi.

54. "Ural" futbolchisi Rikov jarima zarbasidan gol urishga urindi, ammo to'p darvozaning ancha tepasidan o'tib ketdi.

48. O'zgarish: Normann o'rniga Xasimoto o'yinga qo'shildi.

47. Normann jarohat olgan ko'rinadi, uning o'rniga Xasimoto maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Jarima zarbasini Eremenko amalga oshirdi. Uning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

43. Xoren Bayramyan raqib jarima maydonchasi oldida himoyachilarni har tomonga chayqab, standart vaziyat ishlab oldi.

36. O'yin tempi yuqori deb bo'lmaydi, ammo jamoalar yurib o'ynashmayapti, shunchaki aniq harakatlar kam.

32. SHomurodov "Rostov" uchun burchak zarbasi ishlab berdi.

29. To'p "Ural" jarima maydonchasiga uzatilishda davom etmoqda, ammo SHomurodov havodagi kurashlarda yuta olmayapti.

25. SHomurodov qanotga ochilib, jamoadoshidan to'pni qabul qildi va tezlik bilan uni Bayramyanga uzatdi, biroq himoyachi Xorendan oldin chiqib, to'pni maydondan tashqariga tepib yubordi.

21. Bayramyanning uzatmasidan so'ng SHomurodov "Ural" darvozaboni bilan birga-bir chiqayotgandi, ammo yon hakam ofsayd borligini ko'rsatdi.

18. NORMANN! SHomurodov to'xtatib bergan to'pni Matiass darvozaga yo'lladi, ammo biroz noaniq.

14. O'yinda kichik ustunlik "Rostov" tomonda. Mezbonlar qanotlardan jarima maydonchasiga to'pni uzatib, hisobni ochishga urinishyapti, ammo hozircha raqib himoyachilari himoyada ishonchli harakat qilishmoqda.

12. SHomurodov bugun avvalgi o'yinlardagidan ancha faol. Eldor markazgacha qaytib, jamoadoshlariga himoyada yordam beryapti.

7. Markazda Eldorga nisbatan qoida buzildi.

6. SHOMURODOOV! Eldor Ionov qanotdan uzatgan to'pni darvoza tomonga burishga urindi, ammo uning hisob-kitobi xato chiqdi va to'p u kutganidan avvalroq SHomurodov oyog'iga etib bordi.

4. SHomurodov bugun quruq seriyasini to'xtatishi kerak. U  6 oydan beri raqib jamoa darvozalarini ishg'ol qila olmayapti.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика