So’nggi yangiliklar

01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  93 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  4 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  6 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  2 23:05Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  3 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  1 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир жамоага ҳурмат билан қараймиз"  0 21:24Ўзбекистон кубоги плей-офф босқичининг барча иштирокчилари аниқ. Қуръа қачон ўтказилади?  5 20:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи якунланди. "Олимпик Мобиуз" кейинги босқичга йўлланма олди (бугунги натижалар)  12 20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  5 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7

RPL. "Rostov" autsayderga yutqazdi Yangiliklar

RPL. "Rostov" autsayderga yutqazdi

"Rostov" hamda "Tambov" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 16-tur uchrashuvi yakunlandi.

FC Rostov

Bjoern Sigurdarson - 7'

Premier League . 16-tur

09/11/2019, 18:30

2
:
1
Tugadi

FC Tambov

Georgi Melkadze - 52', Vladimir Obukhov - 70'

Stadion: Rostov Arena, 25589 tomoshabin

45'
90'
7'  Bjoern Sigurdarson
7'  Khoren Bayramyan
56'  Bjoern Sigurdarson
60'  Dennis Hadzikadunic
77'  Bjoern Sigurdarson (Alexander Dolgov)
33'  Maksim Osipenko
41'  Mikhail Kostyukov
52'  Georgi Melkadze
52'  Guram Tetrashvili
64'  Georgi Melkadze
70'  Vladimir Obukhov
70'  Anton Kilin
78'  Georgi Melkadze (Khetag Khosonov)
81'  Pavel Karasyov (Valeriu Ciuperca)
82'  Adesoye Oyevole
86'  Adesoye Oyevole (Soslan Takazov)


"Rostov" – "Tambov" 1:2

"Rostov-Arena"

Gollar: 1:0 – 7 Sigurdarson, 1:1 – 52 Melkadze, 1:2 – 70 Obuxov.

"Rostov": Baburin, Xadjikadunich, CHernov, Sigurdsson, Kozlov, Zaynutdinov, Ionov, Glebov, Bayramyan, Sigurdarson (Dolgov, 77), SHomurodov.

"Tambov": SHeliya, Oyevole (Takazov, 86), Osipenko, Gricaenko, Tetrashvili, Karasev (CHuperka, 81), Kilin, Melkadze (Xosonov, 78), Kostyukov, Ribin, Obuxov.

Ogohlantirishlar: Osipenko (33), Kostyukov (41), Sigurdarson (56), Xadjikadunich (60), Melkadze (64), Oyevole (82).


Rossiya Premer-ligasi turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.



UCHRASHUV YAKUNLANDI! 1:2.

90+2. ZARBA! CHernov darvozani tashqi tomondan nishonga oldi. 

90+1. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Hakam o'yinni to'xtatdi. SHomurodov Osipenkoga qarshi kurashda qoida buzdi.

88. GOOOL! Yo'q! Dolgovning goli hisobga olinmadi. U ofsaydda qolib ketgan ekan.

83. Bayramyan darvoza tomon zarba berdi, ammo rikoshet bo'lgan to'p SHomurodovga tushdi. Eldorning zarbasini himyachilar qaytarishdi.

82. "Rostov"ning raqib jarima maydonchasiga uzatgan to'plari faqat "Tambov" futbolchilariga borib tushmoqda. Aniqroq o'ynalmasa mezbonlar gol urishi juda qiyin.

77. Nihoyat Sigurdarson o'zgartirildi va endi Eldor hujum markazida o'ynashi mumkin.

76. "Rostov" ko'pchilik bo'lib hujumga o'tgan. SHunday qilmasa bo'lmaydi, chunki turnir etakchisi autsayderga mag'lub bo'lmoqda. 

75. ZARBAAAAA! SHOMURODOOOV! Eldor uzatmani qabul qildi va o'ng oyog'ining tashqi qismi bilan darvozaga zarba berdi. Afsuski, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

73. SHomurodov "Rostov" uchun burchak zarbasi ishlab berdi. 

70. GOL! 1:2! "Tambov" hisobda oldinga chiqib oldi! Vladimir Obuxov jarima maydonchasiga havolatib uzatilgan to'pni darvozaga boshi bilan joylab qo'ydi.

69. "Rostov" qarshi hujumga o'tdi. To'pga bir amallab etib kelgan Ionov uni jarima maydonchasi ichiga uzatdi, biroq to'pga zarba beradigan futbolchi topilmadi va mezbonlar burchak zarbasi ishlab olishdi.

67. Ionov "Tambov" jarima maydonchasi oldida raqiblarini aldashga kirishib ketdi. To'pni yo'qotgan Aleksey fol ishlatishga majbur bo'ldi.

65. "Tambov"ning yana bir futbolchisi maydonda yotibdi. Kostyukov Zaynutdinov bilan to'qnashuvda shikastlandi.

62. Burchak zarbalari bo'yicha ustunlik "Tambov" tomonda. 1-3

61. "Rostov" himoyada sust o'ynayotgani tufayli SHomurodov ham orqaga qaytishiga to'g'ri kelmoqda.

56. Sigurdarson raqibiga nisbatan juda qo'pol o'ynadi. SHifokorlar Byorn zarar etkazgan Tetrashviliga yordam ko'rsatishdi. Hujumchi esa sariq kartochka bilan jazolandi.

53. GOL! "Rostov" himoyachisining xatosi qimmatga tushdi! Aleksey Kozlov to'pni darvozabonga uzatishga uringanida Melkadze uni ilib ketdi va darvozani ishg'ol qildi. 1:1. "Sen urmasang senga urishadi".

50. ZARBAAAA! Sigurdarson yana bir qulay vaziyatni yo'qqa chiqardi. SHomurodov ajoyib uzatma bilan Byornni golli vaziyatga chiqardi, biroq Sigurdarsonning 10 metrdan yo'llagan zarbasini posbon qaytarib qoldi.

48. Baxtiyor Zaynutdinovga nisbatan qoida buzildi, ammo to'p rostovliklarda bo'lgani tufayli uchrashuv davom ettirildi va hujum zarbasiz yakun topdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45+1. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

43. Hozircha SHomurodovning ishlari yurishmayapti.

41. Mixail Kostyukov tirsagi bilan o'ynagani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

37. Bayramyan hamda Ionov tashkil etgan super hujumni Sigurdarson noaniq zarba bilan yo'qqa chiqardi. Byorn 7 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmadi.

35. Zarbalar: 5-6. Aniq zarbalar: 2-3.

34. Qoida buzilgan nuqtadan to'p raqib jarima maydonchasiga uzatildi, ammo vaziyat hakam erkin zarba nuqtasini ko'rsatishi bilan yakunlandi.

33. Yana bir qoidabuzarlik. Bu safar Osipenko Ionovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Sariq kartochka.

32. Eldor ishlab bergan jarima zarbasini CHernov ijro etdi. To'p jonli devorga tegib, autga chiqib ketdi.

30. Havodagi to'p uchun kurashda SHomurodov yiqitildi va "Tambov" jarima maydonchasi chizig'i yonginasida standart vaziyat yuzaga keldi. 

28. SHomurodov ikki marta raqib jarima maydonchasiga to'p uzatdi, ammo ikkala safar ham so'nggi zarbani beradigan futbolchi topilmadi.

26. To'p nazorati "Tambov"da bo'lishiga qaramay, o'yinni mezbonlar nazorat qilishmoqda. Bu vaqtda SHomurodov va Ionov qanot almashib olishdi.

25. To'pga egalik qilish bo'yicha mehmonlar ustunlik qilmoqda: 47%-53%

21. Baxtiyor Zaynutdinov raqib jarima maydonchasi oldida to'pni qabul qilib oldi. Zarba berishni kechiktirgan qozog'istonlik futbolchi to'pni oldirdi.

19. "Tambov" tezkor qarshi hujumga o'tdi, birinchi hujum qaytarildi. Mehmonlarning navbatdagi xavf to'lqini ham avvalgisidek omadsiz yakunlandi.

16. Obuxov uzoq masofadan "Rostov" darvozasiga zarba berdi. Baburin to'pni qaytarishga erishdi va xavf bartaraf etildi.

15. SHomurodov yana o'z qanotida reyd uyushtirishga urinib ko'rdi, biroq bu safar ham urinish muvaffaqiyatsiz chiqdi. Eldor markazga ko'nikib qolgan ko'rinadi.

10. "Tambov"ning hujumi zarba bilan yakunlandi, ammo Baburin bosh bilan berilgan zarbadan so'ng to'pni osonlik bilan egallab oldi.

8. Esingizda bo'lsa, SHomurodov "Bunyodkor"da aynan chap qanot hujumida to'p tepardi. Futbolchimiz o'z qanotidan hujumga o'tdi, ammo pas berishda xatoga yo'l qo'ydi.

7. GOOOL! "Rostov" hisobni ochdi! Xoren Bayramyanning ajoyib uzatmasidan so'ng o'sha markazda o'ynayotgan Byorn Sigurdarson to'pga bosh bilan zarba berib, darvozani ishg'ol qildi.

4. Tarkibda Sigurdarson bo'lgani tufayli Eldor SHomurodov chap qanot hujumchisi sifatida o'ynamoqda. Sigurdarson esa markaziy forvard.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- "Rostov" va "Tambov" futbolchilari allaqachon stadionga etib kelishgan.

- Assalomu alaykum saytimizning qadrli o'quvchilari. Eldor SHomurodov O'zbekiston terma jamoasining noyabrdagi o'yinlaridan avval "Rostov" safida "Tambov"ga qarshi bahsda maydonga tushadi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика