So’nggi yangiliklar

02:19Англия. Муҳаммадали Ўринбоев "Брентфорд B" таркибида гол урди ва жамоасининг ғалабасига ҳисса қўшди  2 01:18"Бавария" Тухелнинг ўрнини эгаллаши кутилаётган номзод билан музокараларни бошлаб юборди  1 00:52Икер Касильяс ЕЧЛ финалида "Реал" дарвозасида ким туриши кераклигини айтди  2 00:30Чемпионларни сақлаб қолиш: "Байер" ёзда кимларни йўқотиши мумкин? (мутолаа учун)  0 00:11"Реал" Мбаппе трансферини Чемпионлар лигаси финалидан сўнг эълон қилади!  7 23:30Ривалдо ЕЧЛ финали ҳақида: "Боруссия Д" ғалаба қозонади"  17 23:22Расман: Килиан Мбаппе июнь ойида ПСЖни тарк этишини эълон қилди  14 23:09Бразилия термаси Америка кубоги учун қайдномасини эълон қилди. Рўйхатда Каземиро йўқ  7 22:42Хуммельс ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди. Матс Винисиусни ортда қолдирди  5 22:20Про лигада 7-тур ортда қолди. Турнир жадвали қандай кўринишда?  1 22:03Футзал бўйича Олий лига. "Oil Star" "Навбаҳор"ни мағлубиятга учратиб, кумуш медалларга эга чиқди!  1 21:30ОФК Куала-Лумпур шаҳрида терма жамоалар мураббийлари учун конференция ўтказди. Катанец бу конференцияда кўриниш бермади  11 21:00Про лига. "Бухоро" йирик ҳисобда "Олимпик-MobiUz"ни мағлубиятга учратди  34 20:51Гнабри жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  2 20:35Ўша машҳур дўппи аукционда 50 миллион сўмга сотилди!  14

SHomurodov gol urgan bahsda autsayder "Rostov"ni mag'lub etdi Yangiliklar

SHomurodov gol urgan bahsda autsayder "Rostov"ni mag'lub etdi

"Rostov" hamda "Tambov" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 10-tur uchrashuvi yakunlandi.

FC Tambov

Georgi Melkadze - 38', Georgi Melkadze - 61'

Premier League . 10-tur

21/09/2019, 21:00

1
:
2
Tugadi

FC Rostov

Eldor Shomurodov - 27'

Stadion: Mordovia Arena

45'
90'
7'  Pavel Karasyov
15'  Mikhail Kostyukov
38'  Georgi Melkadze
61'  Georgi Melkadze
61'  Guram Tetrashvili
65'  Georgi Melkadze (Oleg Chernyshov)
66'  Mikhail Kostyukov (Khyzyr Appaev)
89'  Pavel Karasyov (Vladislav Kulik)
90'  Guram Tetrashvili
90'  Giorgi Shelia
27'  Eldor Shomurodov
27'  Aleksey Ionov
79'  Danil Glebov (Alexander Dolgov)
81'  Dmitri Chistyakov
88'  Khoren Bayramyan (Danila Vedernikov)
90'  Alexander Dolgov
90'  Eldor Shomurodov

"Tambov" – "Rostov" 2:1

"Mordoviya Arena"

Gollar: 0:1 – 27 SHomurodov, 1:1 – 38 Melkadze, 2:1 – 61 Melkadze.

"Tambov": SHeliya, Osipenko, Tetrashvili, Takazov, Gricaenko, Melkadze (CHernyshov, 65), Karasev (Kulik, 89), Ribin, Kostyukov (Appaev, 66), Oyevole, Obuxov.

"Rostov": Baburin, Sigurdsson, CHistyakov, CHernov, Kozlov, Eremenko, Popov, Glebov (Dolgov, 78), Bayramyan (Vedernikov, 87), Ionov, SHomurodov.

Ogohlantirishlar: Karasev (7), CHistyakov (81), Tetrashvili (90), Dolgov (90), SHomurodov (90).


Rossiya chempionati turnir jadvali bilan tanishing.


Uchrashuv yakunlandi! 2:1

90+2. SHomurodov ikkinchi qavatdagi kurashda qo'lini ishga solgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

89. Dolgov to'pni olish uchun juda qo'pol o'ynadi. "Tambov" futbolchisi esa asablarini jilovlay olmay, raqibiga tashlandi. Hakam ikkala futbolchiga ham sariq kartochka ko'rsatdi.

88. Vedernikov maydonda Bayramyan o'rnini egalladi.

84. Eryomenko to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi, SHomurodov jamoadoshi uchun to'pni yutib berdi, CHernovning zarbasini himoyachi boshi bilan qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Burchak zarbasidan esa naf chiqmadi.

82. Dolgov darvozaga yaqin masofadan zarba berdi, ammo noaniq.

80. Appaev hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirishi mumkin edi, ammo uning uzoq burchakka yo'llagan to'pini Baburin qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

79. To'pga egalik qilish bo'yicha katta ustunlik "sariq-ko'klar" tomonida, ammo hisobda mezbonlar ustun.

78. O'zgarish ("Rostov"): Glebov o'rniga Dolgov maydonga tushdi.

77. Glebov "Rostov"ning kombinacion hujumini noaniq zarba bilan yakunladi.

74. Yana Eryomenkodan pas va SHomurodov to'pga boshi bilan zarba berdi, ammo kuchsiz zarba tufayli posbon to'pni egallab oldi.

72. SHomurodooov! Eldor Eryomenkoning uzatmasini darvozaga to'g'irlashda xatoga yo'l qo'ydi va vaziyat qo'ldan boy berildi.

69. Karasyov ("Tambov") raqib jarima maydonchasi ichida davom etgan hujumni zarba bilan yakunladi, noaniq.

67. Eryomenko yana uzoqdan zarba berdi. Himoyachiga tekkan to'p maydonni tark etdi. Burchak zarbasi Popovning noaniq zarbasi bilan yakun topdi.

65. O'zgarish ("Tambov"): Dubl qayd etgan Melkazde maydonni tark etdi. Uning o'rnini CHernishov egalladi.

61.  "Tambov" hisobda oldinga chiqib oldi. Yana Melkadze! "Tambov" hujumchisi raqib himoyachilari soni kamligidan foydalanib, darvozaga zarba berdi va yaqin burchakni nishonga olishga muvaffaq bo'ldi.

59. Eryomenkodan yana Kuarejma uslubida uzatma, bu safar Eldorga himoyachi halaqit qildi va to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi. 

55. SHomurodov bosh bilan kuchli o'ynayotgani tufayli uning jamoadoshlari qanotlardan havolatib uzatmalarni ko'paytirishmoqda, biroq pas aniqlikda muammo bor.

52. Eryomenko o'ng oyog'ining tashqi qismi bilan "Tambov" jarima maydonchasiga to'pni tashladi, mezbon jamoa himoyachilari to'p SHomurodovgacha etib bormasligini taminlashdi va qarshi hujumga otlanishdi. "Rostov" yarim himoyachisi qo'pollik orqali raqib jamoaning qarshi hujumini to'xtatdi.

49. Kechirasiz, biroz boksga chalg'ib qolibmiz, bugun o'zbekistonlik sportchilarga bag'ishlangan kun bo'lyapti.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi va SHomurodov taymni qo'pollik ishlatish bilan boshladi.


Birinchi bo'lim yakunlandi! 

44. Eryomenko uzoq masofadan SHeliya qo'riqlayotgan darvozani nishonga olishga urindi, ammo zarba noaniq.

38. GOL! Melkazde hisobni tenglashtirdi, "Sen urmasang senga urishadi" degan qoida yana ish berdi. Melkadze "Rostov" himoyachisining xatosi tufayli raqib futbolchilaridan qochib ketdi va darvozaga zarba berdi. Zarba yo'liga oyoq qo'ygan "Rostov" futbolchisi rikoshetga sabab bo'ldi va hisob tenglashdi.

37. SHOMURODOOOV! Eldor qanotdan uzatilgan to'pga bir amallab etdi va darvozaga aniq zarba berdi, ammo SHeliya o'z darvozasini goldan qutqarib qoldi, biroq qaytgan to'pga zarba bergan "Rostov"ning boshqa futbolchisi bo'sh darvozani nishonga ola bilmadi.

35. SHunday qilib, SHomurodov yana to'purarlar ro'yxatida yakka peshqadamga aylanib oldi. Endi uning hisobida 8ta gol mavjud.

33. Golni ko'rishni istaganlar Telegram kanalimizga o'tishi mumkin. @championatasia

27. GOOOOOOLLLL! SHOMURODOV!!! Eldor SHomurodov raqib hujumni buzganiga qaramasdan o'yinni davom ettirib, to'pni jamoadoshiga uzatdi va o'zi jarima maydonchasiga yugurdi. Ionov to'pni havolatib Eldorga uzatdi va SHomurodov 11 metrlik jarima nuqtasidan to'pni boshi bilan darvoza to'riga joylab qo'ydi.

24. Zarbaaa! SHomurodov havolatib uzatilgan to'pni boshi bilan raqib darvozasiga to'g'irlashga urindi, ammo zarba kutilganidek bo'lmadi.

21. "Rostov" pozicion hujumga o'tmoqda, ammo so'nggi pasni beradigan futbolchi topilmayapti.

17. Nihoyat SHomurodovni katta planda ko'rsatishdi, biroq hamyurtimiz hujumda qoidani buzdi.

15. Zarbaaa... Kostyukov xatto darvozaga aniq zarba bera olmadi. Mixailning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

14. PENALTI! "Tambov" 11 metrlik jarima zarbasiga ega bo'ldi. Ivelin Popov ortidan chiqib kelgan futbolchining oyog'iga tepib yubordi va qoida buzdi.

10. "Mordoviya Arena"da yomg'ir yog'yapti, buning ustiga havo sovuq.

9. Melkadze Eryomenkoga nisbatan qo'pollik ishlatdi. "Rostov" to'pni o'yinga kiritdi va jarima maydonchasiga uzatilgan to'p Kozlovning zarbasi bilan yakun topdi. Mezbonlarning baxtiga to'p darvozaga kirmadi.

7. Ionov o'ng qanotdan erlatib Eldorga to'p uzatdi, biroq pas biroz noaniq bo'lgani tufayli SHomurodov zarba bera olmadi va hujum natijasiz yakunlandi.

5. "Rostov" darvozasi oldida standart. Jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni mehmon jamoa himoyachilari qaytarib yuborishdi va xavf bartaraf etildi.

2. Eslatib o'tamiz, Eldor SHomurodov hamda Aleksandr Sobolev 7tadan gol bilan RPL to'purarlar jadvalida etakchilik qilmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi!

- Ayni damda Mordoviyada havo harorati 4 daraja iliq. SHamol tezligi 3 km/soatni tashkil qiladi.

"Tambov" - "Rostov" 1:1

Gollar: Melkadze 38 - SHomurodov 27.

"Tambov": SHeliya, Ribin, Oyevole, Takazov, Tetrashvili, Gricaenko, Osipenko, Karasyov, Obuxov, Kostyukov, Melkadze.

"Rostov": Baburin, Kozlov, CHernov, CHistyakov, Sigurdsson, Ionov, Bayramyan, Eryomenko, Popov, Glebov, SHomurodov.

Reyting: +58   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика