So’nggi yangiliklar

20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  2 20:10Суперлига. "Бунёдкор" – "Насаф" (матнли трансляция)  53 20:08Махсуджон Зокиров: "Бугунги ўйинда хатолар кўп бўлди"  0 19:48АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Лидс" устидан ғалабага эришди  3 19:15Эшитдик-да! ЎФА МТЖ мураббийи билан шартномани бекор қилди  12 18:58Суперлига. Кубок финалидан олдинги репетицияда "Пахтакор" "Бухоро"ни меҳмонда йирик ҳисобда енгди  31 18:53Суперлига. "Динамо" Термизда ишончли ғалабага эришди  11 18:41"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини эфирга узатилмайди?!  34 18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 17:57"Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  2 16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  3 15:58МЮ "Сандерленд"га мағлуб бўлса, Аморимни истеъфога чиқариши мумкин  7 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  23 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1

"Rostov" prezidenti SHomurodovni 15 million evroga ham sotmoqchi emas Yangiliklar

"Rostov" prezidenti SHomurodovni 15 million evroga ham sotmoqchi emas

Rossiyalik taniqli jurnalist, insayder Nobel Arustamyan o'zining "YouTube"dagi sahifasida "Rostov" klubi haqida vlog tasvirga olib, unda klub rahbariyati, murabbiy Karpin va futbolchilar bilan jamoa atrofidagi xabarlar, chempionat borasida bafurja gaplashgan.

Suhbat chog'ida Nobel Arustamyan "Rostov" prezidenti Artashes Arutyunyancga transferlar, xususan SHomurodovning transferi bo'yicha ehtimoliy takliflar haqida so'ragan. Artashes Arutyunyanc qaysidir jihatdan bu jamoaning Evropa ligasi guruh bosqichiga chiqish yoki chiqmasligiga bog'liqligini aytib, hozirda SHomurodov yoki Normann kabi futbolchilarni sotish haqida o'ylamayotganini takidlagan.

Quyida o'sha suhbatdan parcha:

Nobel Arustamyan: - "Rostov" Evropa ligasida mamlakat sharafini himoya qilishi va SHomurodov yoki Normann transferi bo'yicha takliflarni qabul qilishi o'rtasida chegara bormi?

Artashes Arutyunyanc: - Agarda biz Evropa ligasi guruh bosqichiga chiqsak, unda hech qanday takliflarni ko'rib chiqmaymiz. 


Nobel Arustamyan: - Deylik, masalan 15 million evro atrofidagi takliflarga ham rad javobini berasizmi?

Artashes Arutyunyanc: - Mayli, taklifni qabul qildik deylik. Unda Evropa ligasi guruh bosqichida kimlar bilan o'ynaymiz?


Nobel Arustamyan: - SHu boisdan ham men sizdan so'radim...

Artashes Arutyunyanc: - Biz avval bir mavsumni o'tkazib olaylik. Keyinchalik transferlar bo'yicha bir to'xtamga kelamiz. Evropa ligasi kvalifikaciyada qanday ishtirok etishimizni kutaylik. Keyin ko'ramiz. Ha aytgancha, agarda voqealar rivoji biz istagandek bo'lmasa ham "Rostov" futbolchilarini transfer qilishi haqida kim aytdi? Jurnalistlar bunday malumotlarni qaerdan olishadi, tushunmayman. Ha, bizning futbolchilar bo'yicha qiziqish, so'rovlar ko'p. Muzokaralar bo'lmoqda, agentlar kelishadi va hokazo. Biz hech qaerga shoshilayotganimiz yo'q. Bizga bu jamoani qurish, shakllantirish oson bo'lgani yo'q. Katta kuch, ko'p pul, energiyalarimiz va vaqtimizni sarfladik. Barchasini bir deganda sotib yuborishimizga ishonasanmi?


Nobel Arustamyan: Yo'q albatta/

Artashes Arutyunyanc: Sen meni bilasanku!

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика