So’nggi yangiliklar

22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  4 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  42 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  19 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  14 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  334 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  3 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  4 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  9 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   8 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8

RPL. "Rostov" CSKAni bir amallab mag'lub etdi Yangiliklar

RPL. "Rostov" CSKAni bir amallab mag'lub etdi

"Rostov" hamda CSKA o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 21-tur uchrashuvi yakuniga etdi.

"Rostov" – CSKA 3:2

"Rostov-Arena"

Gollar: 0:1 – 25 Sigurdsson, 1:1 – 31 Eremenko, 2:1 – 53, penalti Popov, 3:1 – 63 Mamaev, 3:2 – 77, avtogol Osipenko.

"Rostov": Pesyakov, CHernov, Kozlov, CHistyakov (Saplinov, 13), Osipenko, Eremenko, Zaynutdinov, Bayramyan, Popov, Glebov (Mamaev, 58), SHomurodov (Proshlyakov, 90).

CSKA: Akinfeev, Fernandes, Karpov, Diveev, SHHennikov, Axmetov, Bistrovich (Kuchaev, 64), Vlashich (Dzagoev, 78), Oblyakov (CHalov, 73), Sigurdsson, Magnusson.

Ogohlantirishlar: Glebov (17), Fernandes (52), Oblyakov (57), Mamaev (64), Zaynutdinov (69), Diveev (74), CHernov (77), Popov (87), SHHennikov (89).

CHetlatishlar: Axmetov (20), Karpov (51).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. O'zgarish: SHomurodov o'rniga Proshlyakov maydonga tushdi. O'zbekistonlik muxlislar Eldorga minnatdorchilik bildirib, uni qarsaklar bilan kuzatib qo'yishdi.

90+3. SHomurodov bir himoyachini aldab, darvozaga zarba berdi. Ammo chap oyoqdagi zarba kuchli bo'lmadi va Akinfeev to'pni egallab oldi.

90+2. Uchrashuv asosiy vaqtida 8 daqiqa qo'shib berildi.

90+1. SHomurodov raqiblarni birin-ketin aldab, jarima maydonchasiga kirdi, ammo pas berish o'rniga to'pni o'zida saqlashga uringani uchun to'pdan ayrildi.

87. Eldor SHomurodovda kamsonli qulay vaziyatlardan biri edi, ammo hamyurtimiz darvozabonni aldashga urindi va to'pni qo'ldan boy berdi.

85. Qoidabuzarlik bor ekan. Darvozabon seyv ijro etdi, qaytgan to'pga ham noaniq zarba berildi.

83. PENALTI! "Rostov" himoyachilari o'z jarima maydonchasi ichida qoida buzishdi. Saplinov o'z darvozasiga penalti olib keldi. Bosh hakam VARga murojaat qildi.

78. O'zgarish: Vlashich o'rniga Dzagoev maydonga tushdi.

77. GOL! CSKA hisobni qisqartirdi. CHalovning uzatmasidan so'ng Osipenko o'z darvozasini ishg'ol qildi.

74. Sariq kartochka. Diveev SHomurodovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun kartochka bilan jazolandi.

73. O'zgarish: Oblyakov o'rniga CHalov maydonga tushdi.

71. "Rostov" tinimsiz hujumlar uyushtirmoqda, ammo CSKA himoyachilari bir amallab vaziyatlarni bartaraf etishyapti.

69. SHOMURODOV! Eldor Bayramyandan kelgan ajoyib uzatmani golga aylantira olmadi. Hamyurtimiz qulay vaziyatni qo'ldan boy berdi.

66. SHomurodov gol uradigan vaqt kelmadimikan? Eldordan boshqa hamma gol urdi.

63. GOOOL! MAMAEV! Pavel rikoshet orqali raqib darvozasini ishg'ol qildi. Mamaev golni futbolkasini echib nishonladi. SHu sababli unga sariq kartochka ko'rsatildi.

59. Eryomenko yana uzoqdan omadini sinab ko'rdi, bu safar noaniq.

59. O'zgarish: Glebov o'rniga Pavel Mamaev maydonga tushdi.

58. To'pga "Rostov" to'liq egalik qilmoqda, ammo tuzukroq hujum tashkil qila olishmayapti.

56. CSKA futbolchisi ogohlantirildi. Oblyakov Zaynutdinovga nisbatan qoida buzgani uchun sariq kartochka oldi.

54. 9 kishi bo'lib qolgan CSKAga endi juda qiyin bo'ladi.

53. Bu safar 11 metrlik jarima zarbasi qarshisiga Ivelin Popov keldi va u gol urdi. 2:1.

50. IKKINCHI QIZIL KARTOCHKA! Hakam CSKA darvozasi tomon penalti belgiladi.

49. Bosh hakam VAR ekraniga borib, vaziyatga o'zi baho bermoqda.

48. Popov penalti so'rayapti. Ivelin jarima maydonchasiga kirganidan so'ng, raqib himoyachisi uni yiqitdi. Hakam VARdagilarni eshitmoqda.

46. Ikkinchi taymga start berildi.

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45+3. To'p "Rostov" jarima maydonchasiga uzatildi va vaziyat zarba bilan yakunlandi, ammo noaniq.

45+2. CSKA raqib jarima maydonchasi oldida standart ishlab oldi.

45+1. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. Zaynutdinov to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga uzatdi, to'pga Saplinov zarba berdi. Akinfeev esa har doimgidek jamoasini qutqarib qoldi.

42. ZARBA! SHomurodov Akinfeev darvozasiga aniq zarba berdi, ammo u kuchsiz bo'lgani tufayli, Igor to'pni egallab olishda qiyinchilikka uchramadi.

ERYOMENKONING GOLINI TELEGRAM KANALIMIZ ORQALI TOMOSHA QILISHINGIZ MUMKIN.

35. "Rostov" bir kishi kam bo'lib qolgan CSKA darvozasinini qanotdan uzatmalar orqali ishg'ol qilmoqchi. Hozircha uzatmalar o'z manziligacha etib bormayapti.

32. GOOOL! Eryomenko uzoq masofadan zarba berib, hisobni tenglashtirdi. To'p darvoza to'siniga tegib, chiziqni kesib o'tdi va yana maydonga qaytdi. Gol haqiqatdan ham chiroyli chiqdi. 

30. SHomurodov qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga to'g'irlashga urindi, biroq Akinfeev kuchsiz zarbani osonlik bilan egallab oldi.

30. Zarbalar soni bo'yicha hisob 6:2. Aniq zarbalar bo'yicha ko'rsatkich teng: 1-1

28. To'p bilan egalik qilish bo'yicha "Rostov" ustun. 54% - 46%

26. Sen urmasang, senga urishadi.

25. GOL! CSKA hisobni ochdi! Sigurdson Bayramyanning qo'pol xatosidan so'ng darvozabon bilan birga-bir chiqdi, CSKA futbolchisiga Xoren etib olishiga qaramasdan Sigurdson darvozaga zarba berdi va gol urdi!

24. Baxtiyor Zaynutdinov raqib xatosidan foydalanib to'pni olib qo'ydi. O'sha hujum Bayramyanning zarbasi bilan yakun topdi, ammo zarba noaniq.

23. Eryomenko autdan kelgan to'pni darvozaga joylab qo'yishi mumkin edi, ammo zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

21. To'p qarshisida Roman Eryomenko! Roman zarba berdi, Akinfeev zarba yo'nalishini topdi va seyv ijro etdi. Eryomenko 99%lik imkoniyatdan foydalana olmadi. Qaytgan to'pni himoyachilar tepib yuborishdi.

20. SHOMURODOV penalti ishladi! Ilzat Axmetov o'z jarima maydonchasi ichida Eldorni yiqitdi. Hakam esa yarim himoyachini o'yindan chetlatdi.

18. "Rostov" yarim himoyachisi Matias Normann kartochkalari ko'payib ketgani uchun bahsni tribunada tomosha qilmoqda.

17. Sariq kartochka: Danil Glebov Bistrovichga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun jazolandi.

16. SHomurodov pressing uyushtirib, raqiblarni shoshiltirib qo'ymoqda.

15. Popov to'pni o'yinga kiritdi va zarbani Eryomenko berdi. Ammo to'p hiomyachilarga tegib qaytdi.

14. "Rostov" futbolchislari CSKA jarima maydonchasi oldida standart ishlab olishdi. 

13. O'zgarish: Jiddiy jarohat olgan CHistyakov o'rniga Saplinov maydonga tushdi.

10. Futbolchini zambilda maydondan olib chiqib ketishdi.

8. CHistyakovning boshi yorildi. To'p uchun kurashda uning jamoadoshi Osipenko butsasining tagi bilan tasodifan zarba berib yubordi. Futbolchining boshidan qon oqmoqda.

6. Hozircha "Rostov" birinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynamoqda. Moskvalik mehmonlar esa ko'proq himoyaga etibor qaratishyapti.

4. ZARBA! "Rostov" futbolchisi uzoq masofadan raqib darvozasini nishonga olishga urindi. To'p jarima maydonchasi ichidagi futbolchilarga tegdi va vaziyat yo'qqa chiqdi.

1. Uchrashuv boshlandi.


- Jamoalar mashg'ulotni yakunlab, kiyinish xonasiga kirib ketishdi. Bahs boshlanishiga 10 daqiqa qoldi.

"Match TV" "Tvitteri": "CHalov (CSKA) o'tgan mavsum 15ta gol urgan edi. Fedya bu mavsum estafetani SHomurodovga berdi.

RPLdagi ikki to'purar o'yinini o'tkazib yubormang. Translyaciya 15:55da boshlanadi".


- Jamoalar stadionga etib kelishdi.


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика