"Rostov" bosh murabbiyi uchrashuvdan so'ng SHomurodov haqida fikr bildirdi
06 may 2019 00:10
Yangiliklar


"Rostov" bosh murabbiyi uchrashuvdan so'ng SHomurodov haqida fikr bildirdi
Rossiya chempionatining 27-turida Rostov o'z maydonida Krasnodar bilan muraosa (1:1) yo'lini tanladi.
Zaxiradan maydonga tushirilgan Eldor SHomurodov 89-daqiqada Roman Eryomenkoning pasidan so'ng, boshi bilan chiroyli tarzda raqib darvozasini ishg'ol etdi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Valeriy Karpin fikrlari bilan bo'lishdi.
«SHomurodov zaxiradan o'yinga qo'shilib, o'yinga tasir o'tkaza oldi. Sababi, u kuchga to'lgan holda maydonga tushdi va zaxiradagi futbolchilarning barchasidan shu talab etiladi. U gol urishdan tashqari, uzatmalarni qabul qilishi, raqiblarga qiyinchilik tug'dirishi, jamoadoshlariga erkinlik yaratishi kerak edi va hammasini ijobiy bajardi», – deya qayd etgan Karpin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar