So’nggi yangiliklar

01:18"Бавария" Тухелнинг ўрнини эгаллаши кутилаётган номзод билан музокараларни бошлаб юборди  0 00:52Икер Касильяс ЕЧЛ финалида "Реал" дарвозасида ким туриши кераклигини айтди  1 00:30Чемпионларни сақлаб қолиш: "Байер" ёзда кимларни йўқотиши мумкин? (мутолаа учун)  0 00:11"Реал" Мбаппе трансферини Чемпионлар лигаси финалидан сўнг эълон қилади!  6 23:30Ривалдо ЕЧЛ финали ҳақида: "Боруссия Д" ғалаба қозонади"  15 23:22Расман: Килиан Мбаппе июнь ойида ПСЖни тарк этишини эълон қилди  12 23:09Бразилия термаси Америка кубоги учун қайдномасини эълон қилди. Рўйхатда Каземиро йўқ  7 22:42Хуммельс ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди. Матс Винисиусни ортда қолдирди  5 22:20Про лигада 7-тур ортда қолди. Турнир жадвали қандай кўринишда?  1 22:03Футзал бўйича Олий лига. "Oil Star" "Навбаҳор"ни мағлубиятга учратиб, кумуш медалларга эга чиқди!  1 21:30ОФК Куала-Лумпур шаҳрида терма жамоалар мураббийлари учун конференция ўтказди. Катанец бу конференцияда кўриниш бермади  11 21:00Про лига. "Бухоро" йирик ҳисобда "Олимпик-MobiUz"ни мағлубиятга учратди  32 20:51Гнабри жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  2 20:35Ўша машҳур дўппи аукционда 50 миллион сўмга сотилди!  13 20:10"Арсенал" чемпионлик парадини режалаштирмоқда  10

"Rostov" g'alaba qozondi va "Krasnodar" hamda "Zenit"ga etib oldi Yangiliklar

"Rostov" g'alaba qozondi va "Krasnodar" hamda "Zenit"ga etib oldi

"Rostov" hamda "Axmat" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 9-tur uchrashuvi yakunlandi.

FC Rostov

Khoren Bayramyan - 54', Mathias Normann - 64'

Premier League . 9-tur

16/09/2019, 22:30

1
:
2
Tugadi

FK Akhmat

Odise Roshi - 19'

Stadion: Rostov Arena

45'
90'
54'  Khoren Bayramyan
64'  Mathias Normann
77'  Eldor Shomurodov (Aleksandr Saplinov)
82'  Khoren Bayramyan (Danil Glebov)
85'  Aleksandr Saplinov
90'  Aleksey Ionov (Alexander Dolgov)
19'  Odise Roshi
62'  Anton Shvets
66'  Magomed Mitrishev (Bernard Berisha)
80'  Denis Glushakov (Andres Ponce)

"Rostov" – "Axmat" 2:1

"Rostov-Arena"

Gollar: 0:1 – 19, penalti Roshi, 1:1 – 54 Bayramyan, 2:1 – 64 Normann.

"Rostov": Baburin, CHistyakov, Sigurdsson, CHernov, Kozlov, Bayramyan (Glebov, 82), Popov, Ionov (Dolgov, 90), Normann, Eremenko, SHomurodov (Saplinov, 77).

"Axmat": Gudiev, Anxel, Uciev, Musalov, Semenov, Roshi, SHvec, Ivanov, Glushakov (Ponse, 80), Mitrishev (Berisha, 66), Ismael.

Ogohlantirish: Saplinov (85).

CHetlatish: SHvec (62).


Rossiya Premer-ligasi turnir jadvali


Uchrashuv yakunlandi!

90+1. "Rostov" raqib jarima maydonchasi chizig'i ustida standart vaziyatga ega bo'ldi, ammo darvoza tomon tepilgan to'p jonli devorga tegib qaytdi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

83. Onlayn turnir jadvaliga qaraydigan bo'lsak, "Rostov" ayni damda 20 ochko to'plab, "Krasnodar" va "Zenit" bilan 1-o'rinni bo'lishib turibdi. 

81. GOL! YO'Q! Bayramyan uzoq masofadan zarba berdi, darvozabon qaytargan to'pni Ionov darvozaga joylashga urindi, ammo Aleksey ofsaydda qolib ketgan ekan.

79. Ionov qanotdan to'pni Normannga uzatdi, Matyas esa darvozani nishonga olma bilmadi.

77. O'zgarish: SHOMURODOV maydonni tark etmoqda. Eldor o'rnini Saplinov egallaydi.

74. Suhandon "Rostov Arena" stadioniga "Rostov" - "Axmat" uchrashuvini tomosha qilish uchun 28 mindan ortiq muxlis tashrif buyurganini elon qildi.

73. "Rostov" hisobda oldinga chiqib olgani tufayli biroz nafasni rostlab, o'yin tempini tushirishga harakat qilmoqda.

69. Hammasi joyida, futbolchi o'rnidan turdi va bahsni davom ettirmoqda.

67. So'nggi 5 daqiqalikning asosiy qahramoni hali ham muxlislar diqqat markazida. Matyas endi oyog'ini ushlab yotibdi, shifokorlar yordamga oshiqishmoqda.

64. GOOOL! Hozirgina jabrlanuvchi rolida bo'lgan Matyas Normann endi qahramon! Jarima maydonchasi tashqarsidan ideal zarba bergan Normann o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

62. QIZIL KARTOCHKA! Anton SHvec Normannga nisbatan qoida buzgani uchun chetlatildi. SHvec haqiqatdan ham juda qo'pol o'ynagan edi. U butsasining tag qismi bilan Normanni salto otishga majbur qildi. "Axmat" 9 kishi bo'lib qoldi.

61. SHOMURODOOOV! Eldor havolatib uzatgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p darvozaning yonginasidan o'tib ketdi, biroq yon hakam bayroqchasini ko'tarib, o'yindan tashqari holat borligini ko'rsatdi.

58. Baburin darvozasini tark etdi va to'pni egallab oldi. Ammo biroz o'zini erkin qo'ygan posbon raqib futbolchisi yaqinlashganini kech sezdi, Egor shunga qaramasdan to'pni oldirib qo'ymadi va uni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

54. GOOOL! Hisob tenglashdi! 1:1. Eryomenko uzoq masofadan darvozaga zarba berdi, Gudiev to'pni ushlay olmadi va Xoren Bayramyan bo'sh darvozani ishg'ol qildi.

51. Ionov chap qanotdan erlatib to'pni "Axmat" jarima maydonchasiga uzatdi, ammo uni darvozaga burib yuboradigan futbolchi topilmadi.

47. "Axmat" ikkinchi bo'limning ilk daqiqalarida juda faol harakat qilmoqda. SHvec xatto Baburin darvozasi tomon aniq zarba berishga muvaffaq bo'ldi. Posbon ishonchli harakat qildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Jamoalar maydonga qaytishmoqda. SHomurodovdan gollar kutishda davom etamiz.

TANAFFUS

45+1. "Axmat" jarima maydonchasi oldida standart vaziyat. Popovning zarbasi jonli devorga tegdi va mehmonlar to'pni o'z jarima maydonchasidan uzoqlashtirishdi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

42. Ionov jarima maydonchasi ichidagi Bayramyanga to'pni uzatib, aynan undan to'pni qabul qildi va darvoza tomon zarba berdi. Gudiev o'zi tomon kelgan to'pni ortiqcha qiyinchiliksiz ushlab oldi.

39. ERYOMENKO! Roman jamoadoshi uzatgan to'pni to'xtatmay "Axmat" darvozasiga yo'lladi, biroq Gudiev to'pni egallab oldi.

38. "Rostov" ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshiryapti, biroq hozircha standartlardan naf bo'lmayapti.

37. Ionovning pasidan so'ng SHomurodov darvozabon bilan birga-bir chiqib ketishi mumkin edi, ammo "Axmat" himoyachisi so'nggi lahzada to'pni maydondan chiqarib yuborishga muvaffaq bo'ldi.

33. "Axmat" jarima maydonchasiga uzatma, SHomurodov darvozaga teskari turib boshi bilan zarba berdi. Posbon to'pni egallab oldi, ammo zarba hisobga olinmadi, chunki Eldor o'yindan tashqari holatda ekan.

30. Zarbalar: 3 - 3. Aniq zarbalar: 2 - 1

26. "Rostov" katta kuch bilan ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda, ammo uzatmalarda biroz aniqlik etishmayapti.

25. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik "Rostov" tomonda: 59%-41%

23. "Rostov" raqib jarima maydonchasi yaqinida jarima zarbasi ishlab oldi. Darvozabon maydonchasiga uzatilgan to'pni posbon egallab oldi.

19. GOL! "Axmat" futbolchisi Roshi duelda Baburinni mag'lub etib, hisobni ochdi.

18. "Rostov" darvozasi tomon penalti belgilandi. "Axmat" futbolchisi raqib maydonida to'pni egallab, jamoadoshiga uzatishga urindi. To'p raqib himoyachisining qo'liga tegdi.

15. Endi "Axmat" ham to'pni o'zida saqlab, kombinacion hujumlar uyushtirishga intilmoqda.

10. Eldor markazda ikkinchi qavatdagi kurashda to'pni Ionovga yutib berdi, Aleksey esa nariga qanotdagi jamoadoshiga to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi.

8. SHomurodov markaziy hujumchi bo'lishiga qaramasdan biroz orqaroqqa qaytib, hujum boshlashda ham ishtirok etmoqda.

5. "Rostov" ilk daqiqalardan to'pni nazorat qilishga urinyapti va hozircha buni yaxshi uddalamoqda. 

1. Uchrashuv boshlandi. Bahsning dastlabki daqiqasida Normann uzoq masofadan "Axmat" darvozasiga zarba berdi. Zarba aniq, ammo kuchsiz. Posbon to'pni egallab oldi.

- Uchrashuvdan oldin Eldor SHomurodovga RPLning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirildi. Tabriylaymiz!

- Kiyinish xonasidagi holat quyidagicha

- Assalomu alaykum hurmatli saytimiz muxlislari. O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov to'p tepadigan "Rostov" jamoasi bu turda "Axmat"ni qabul qiladi.

"Rostov" – "Axmat" 2:1

Gollar: Bayramyan 54, Normann 64 - Roshi 19.

16 sentyabr, 22:30, «Rostov-Arena»

"Rostov": Baburin, CHistyakov, Sigurdsson, CHernov, Kozlov, Bayramyan, Popov, Ionov, Normann, Eremenko, SHomurodov.
"Axmat": Gudiev, Anxel, Uciev, Musalov, Semenov, Roshi, SHvec, Ivanov, Glushakov, Mitrishev, Ismael.
Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика