So’nggi yangiliklar

17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:03"Бани Яс" — "Хорфаккан". Таркиблар маълум  0 16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  4 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  13 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  1 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  3 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  11 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0

RPL. SHomurodov golli pas bergan uchrashuvda "Rostov" "Arsenal"ni mag'lub etdi Yangiliklar

RPL. SHomurodov golli pas bergan uchrashuvda "Rostov" "Arsenal"ni mag'lub etdi

"Rostov" hamda "Arsenal" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 24-tur uchrashuvi yakunlandi.

FC Rostov

Pavel Mamaev - 1', Aleksey Ionov - 17'

Premier League . 24-tur

27/06/2020, 23:00

1
:
2
Tugadi

Arsenal Tula

Evgeni Lutsenko - 58'

Stadion: Rostov Arena

45'
90'
1'  Pavel Mamaev
17'  Aleksey Ionov
17'  Eldor Shomurodov
52'  Eldor Shomurodov (Danila Proshlyakov)
62'  Danil Glebov
66'  Alexey Kozlov
67'  Aleksandr Saplinov (Khoren Bayramyan)
77'  Danila Proshlyakov
88'  Aleksey Ionov (Alexander Dolgov)
88'  Baktiyor Zaynutdinov (Evgeny Cherkes)
90'  Danila Proshlyakov
10'  Alexander Denisov
57'  Daniil Lesovoy
58'  Evgeni Lutsenko
58'  Daniil Lesovoy
59'  Aleksandr Lomovitski (Igor Gorbatenko)
67'  Anri Khagush (Yuri Kovalev)
67'  Goran Causic (Kings Kangwa)
71'  Igor Gorbatenko
77'  Yuri Kovalev
78'  Evans Kangwa (Lameck Banda)
78'  Victor Alvarez (Maksim Volodjko)
89'  Kings Kangwa


"Rostov" – "Arsenal" Tula 2:1

Rostov-Arena»
Gollar: 1:0 – 1 Mamaev, 2:0 – 17 Ionov, 2:1 – 58 Lucenko.
"Rostov": Pesyakov, Osipenko, CHernov, CHistyakov, Kozlov, Saplinov (Bayramyan, 67), Glebov, Mamaev, Ionov (Dolgov, 88), Zaynutdinov (CHerkes, 88), SHomurodov (Proshlyakov, 52).
"Arsenal": Lodigin, Grigalava, Xagush (Kovalev, 67), Alvares (Volodko, 77), Denisov, Kostadinov, Lesovoy, CHaushich (Kangva, 67), Lomovickiy (Gorbatenko, 59), Kangva (Banda, 78), Lucenko.

Ogohlantirishlar: Denisov (10), Lesovoy (57), Glebov (62), Kozlov (66), Gorbatenko (70), Dolgov (76), Kovalev (77), Kangva (90).

CHetlatish: Proshlyakov 90.


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. "Rostov" vaqtni cho'zib, ushbu hisobni saqlab qolishga urinmoqda.

81. "Arsenal"da hisobni tenglashtirish uchun ajoyib vaziyat bo'ldi, ammo na Lucenko va na Banda to'pga zarba bera olmadi.

71. DAHSHATLI HUJUM! "Rostov" ketma-ket paslar bilan fantastik hujum amalga oshirdi, ammo SHomurodov o'rniga maydonga tushgan Proshlyakov bo'sh darvozaga zarba bera olmadi.

67. Saplinov o'rniga Xoren Bayramyan maydonga tushdi.

64. Tulaliklar "Rostov"ni o'z jarima maydonchasiga qamab, ketma-ket xavfli hujumlar amalga oshirishmoqda.

58. Lucenko! GOL! Hisob qisqardi, Lesovoyning qanotdan uzatgan to'pini Evgeniy Lucenko boshi bilan darvozaga to'g'irlab qo'ydi. 2:1!

57. Lesovoy penalti ishlash uchun simulyatli qilgani tufayli sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

52. O'zgarish: Eldor maydonni tark etdi, uning o'rniga Proshlyakov maydonga tushdi.

51. SHOMURODOOOOV! Eldor bosh bilan darvozaning yaqin burchagiga zarba berdi, ammo Lodigin bir amallab to'pni qaytardi.

50. Tulaliklar hujumlar sonini oshirib borishyapti va ular o'ta xavfli tus olmoqda.

49. Lomavickiydan ajoyib zarba, biroq "Rostov" posboni seyv ijro etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limning oxiriga kelib mehmonlar katta kuch bilan hujumga o'tishdi va ikkita ajoyib zarba berishdi. Har ikki safar ham "Rostov" posboni o'z jamoasi joniga oro kirdi.

38. So'nggi 8 daqiqa ichida xavfli vaziyatlar sodir bo'lmadi, "Rostov" to'pni nazorat qilishga urinyapti.

29. SHomurodov himoyaga qaytib, to'pni raqibdan olib qo'ydi va tezkor qarshi hujum boshladi. SHomurodov o'ng qanotda ochilgan Ionovga to'p uzatdi. Aleksey esa jarima maydonchasiga kirib borayotgan Saplinovni ko'rdi va uzatma amalga oshirdi, biroq raqib posboni vaziyatni o'qidi va to'pni egallab oldi.

28. Raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketgan Kozlovga tibbiy yordam ko'rsatildi. Hammasi joyida, futbolchi o'rnidan turdi.

27. Tula jamoasi birinchi bo'limning yarmidan o'tib o'zining ilk burchak zarbasini ishlab oldi, ammo standart muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

22. RPL restartidan so'ng "Rostov"ning dastlabki o'yini shov-shuv bo'lib, "Sochi"dan 1:10 hisobidagi mag'lubiyat qabul qilib olingan edi. O'sha bahsda "Rostov"ning o'smirlar jamoasi maydonga tushganini hamma yaxshi elasa kerak. Bugun kattalar haqiqiy "Rostov" qanday kuchga egaligini ko'rsatib qo'ymoqda.

17. GOOOL! IONOV, 2:0! Alekseyga to'pni Eldor SHomurodov ajoyib tarzda etkazib berdi. QOYIL! SHomurodovning aylanma uzatmasi Ionovning to'g'ri boshiga bordi.

15. SHomurodov Glebov bilan pas o'ynab, himoyadan chiqib ketishdi. 

10. Denisov qoidani buzdi va uchrashuvdagi dastlabki sariq kartochkani o'z nomiga yozdirib qo'ydi.

5. Saplinov "Arsenal" darvozasiga kuchli zarba berdi, ammo to'p teparoqdan o'tib ketdi.

2. GOOOL! Pavel Mamaev hisobni ochdi.

1. Uchrashuv boshlandi! 


"Rostov" – "Arsenal" Tula

"Rostov-Arena"
"Rostov": Pesyakov, Osipenko, CHernov, CHistyakov, Kozlov, Saplinov, Glebov, Mamaev, Ionov, Zaynutdinov, SHomurodov.
"Arsenal" Tula: Lodigin, Grigalava, Xagush, Alvares, Denisov, Kostadinov, Lesovoy, CHaushich, Lomovickiy, Kangva, Lucenko.
Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика