Rossiyalik o'yinchi A Seriya klubiga o'tishi mumkin
22 avg 2019 18:35
Yangiliklar
Rossiyalik o'yinchi A Seriya klubiga o'tishi mumkin
"Napoli" CSKA hujumchisi Fyodor CHalovga qiziqmoqda.
Italiya klubi CHalovni sotib olish variantini o'rganishda davom etmoqda. 21 yoshli hujumchi 20 million evroga baholanmoqda.
Oldinroq, Rossiya terma jamoasi hujumchisiga "Monako", "Lacio", MYU, "Manchester Siti", "Liverpul" va "Sevilya" klublari qiziqayotganligi to'g'risida xabarlar yangragan edi.
CHalov yakunlangan mavsum CSKA safida 37ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 7ta assistga erishgan.
Rossiyalik futbolchi RPLda 15ta gol bilan to'purar bo'lgan. Transfermarkt hujumchini 16 million evroga baholamoqda.
Fikrlar