Rossiyalik futbolchi "Arsenal"ga o'tishi mumkin
10 iyu 2017 18:45
Yangiliklar


Rossiyalik futbolchi "Arsenal"ga o'tishi mumkin
"Arsenal" va Moskvaning CSKA klubi yarim himoyachi Aleksandr Golovinning ingliz klubiga o'tishi borasidagi transferni yakunlashga yaqin turishibdi.
Malumotlarga ko'ra, transfer ingliz klubi uchun 10 mln. funtga tushishi mumkin. Rossiya jamoasi 21 yoshli futbolchini tezda ijaraga qaytarib olishmoqchi, biroq Golovin "Xall Siti"ga ijaraga berilishi mumkin. Sababi "armiyachilar"ning sobiq ustozi Leonid Sluckiy shu haftada "yo'lbarslar" (Xall Siti) bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
Oldinroq Golovin "CHelsi" qiziqishlari doirasida ekanligi xabar qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar