Rossiyada yangi mavsum qachon boshlanishi malum. RFI taqvimni jamoalar uchun qulay qiladi
20 may 2021 19:45
Yangiliklar
Rossiyada yangi mavsum qachon boshlanishi malum. RFI taqvimni jamoalar uchun qulay qiladi
Rossiya futbol Ittifoqi ijroiya qo'mitasi 2021/22 yilgi mavsum taqvimini har bir jamoa uchun qulayroq qilishga harakat qilmoqda.
Mamlakat chempionati 25 iyul kuni boshlanishi rejalashtirilgan. Undan oldinroq, 17 iyulda esa “Zenit” va “Lokomotiv” o'rtasida Superkubok uchun bahs bo'lib o'tadi. Keyin jamoalar haftada bir marta o'yin o'tkazadi. CHempionatning kuzgi qismi 12 dekabrda tugaydi, bahorgi davra esa 2022 yil 27 fevralida boshlanadi.
Bu hali yakuniy qaror emas. Yangi loyiha may oyining oxirida rasmiylashtirilishi ko'zda tutilgan.
Fikrlar