Rossiya uchta o'rtoqlik o'yini uchun 21 mln. rubl sarflaydi
15 sen 2016 16:07
Yangiliklar
Rossiya uchta o'rtoqlik o'yini uchun 21 mln. rubl sarflaydi
Rossiya Kosta-Rika, Ruminiya va Qatar bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish uchun 21 mln. rubl sarflaydi.
Rossiya Futbol Ittifoqi kostarikaliklarning Krasnodarda bo'ladigan o'yinga kelishi uchun deyarli 12 mln. rubl to'laydi. Bu malumotni KONKAKAFda tasdiqlashdi. 15 oktyabrda bo'ladigan ruminiyaliklarga qarshi bahs ham RFIga qimmatga tushadi. Ular deyarli 9 mln. rubl to'lashadi. Rossiyaliklar Qatar bilan o'yin uchun bir rubl ham olishmaydi, ammo Qatar futbol federaciyasi mehmon jamoaning transport va mehmonxona xarajatlarini qoplaydi.
Fikrlar