Rossiya terma jamoasi 2017 yilda 10 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
14 okt 2016 18:55
Yangiliklar
Rossiya terma jamoasi 2017 yilda 10 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
RFI prezidenti Vitaliy Mutkoning malum qilishicha, Rossiya terma jamoasi 2017 yilning martidan noyabr oyigacha 10 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
"Bugun FIFA taqvimiga o'zgartirish kiritildi. 20-28 mart va 5-13 iyun kunlari ikkitadan o'yin bo'ladi, keyin Konfederaciyalar Kubogi. 28 avgust 5 sentyabr, 2-10 oktyabr, 6-14 noyabr oralig'ida ham ikkitadan uchrashuv o'tkaziladi. Demak, kelasi yil terma jamoamiz Konfederaciyalar Kubogisiz 10 ta o'yin o'tkazadi.
Fevralda o'ynay olmaymiz, xalqaro taqvim bor, faqat uning doirasida o'rtoqlik o'yinlari o'tkazamiz. Fevralda bunday sana yo'q. Dekabrni ko'rib chiqamiz. Liga qo'llab-quvvatladi. Endi CHerchesov bu yig'in borasida aniqlik kiritishi kerak. O'sha paytda yig'in va o'rtoqlik bahsi o'tkazish imkoni bor, ammo faqat Rossiya tashqarisida" - deydi Mutko.
Fikrlar