Rossiya. SHomurodovning goli "Rostov" klubiga "Spartak" ustidan g'alaba keltirdi
14 apr 2019 23:52
Yangiliklar


Rossiya. SHomurodovning goli "Rostov" klubiga "Spartak" ustidan g'alaba keltirdi
Rossiya chempionati 23-turining markaziy uchrashuvida "Rostov" va "Spartak" klublari bellashishdi. Mazkur bahsda hamyurtimiz Eldor SHomurodov 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 17 daqiqa o'tib "Spartak" daovazasiga gol urdi. Ushbu gol mezbonlarga muhim uch ochko keltirdi. Ayni vaqtda "Rostov" 35 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.
Eldor SHomurodovning "Spartak" darvozasiga urgan golini tomosha qiling >>> VIDEO
Rostov – Spartak 2:1
«Rostov-Arena»
Gollar: 1:0 – 13 Gackan, 1:1 – 27 Zobnin, 2:1 – 80 SHomurodov.
Rostov – Pesyakov, CHernov, Logashov, Sigurdsson, Parshivlyuk, Eremenko, Gackan, Popov (Sigurdarson, 78), Normann, Ionov (SHomurodov, 63), Glebov (Zuev, 77).
Spartak – Maksimenko, Bokketti, Jigo, Rasskazov, Ayrton, Glushakov (Fernando, 81), Zobnin, Melgarexo (Lomovickiy, 73), Melkadze, Luis Adriano, Ze Luish (Xanni, 38).
Ogohlantirishlar: Parshivlyuk (28), Glebov (45), Logashov (56), Eremenko (61), Bokketti (64), Melkadze (77).
FC Rostov Aleksandru Gatcan - 13', Eldor Shomurodov - 80' |
Premier League . 23-tur 14/04/2019, 22:00 1
:
2
Tugadi
|
Spartak Moscow Roman Zobnin - 27' |
Stadion: Rostov Arena
O’xshash yangiliklar

Fikrlar